31
Otning boshqa so‘z turkumlari bilan bog‘lanishi
Ot gapda mustaqil hamda alohida so‘z turkumlari bilan bo‘g‘lana
oladi.
Ot bilan bog‘lanadi:
ota-onaning ishonchi, sopol idish,
Mohidilning kitobi ; sifat bilan bog‘lanadi:
go‘zal qiz, keng xona,
salqin shabada; olmosh bilan bog‘lanadi: shu yurt,
har bir inson;
Son bilan bo‘g‘lanadi: o‘nta o‘quvchi, ikkinchi farzandman; f
e’l
bilan bog‘lanadi: kitobni olmoq, asarni o‘qimoq, mavzuni
tushunmoq
;
r
avish bilan bog‘lanadi: ko‘p odam,
ozgina masalliq,
erta bahor; undov so‘z turkumi bilan: oh-voh ovoz, o‘rtog‘imning
salomi; taqlid so‘z turkumi bilan: shivir-shivir ovoz; modal so‘z
turkumi bilan bog‘lanadi: yo‘q odam,
bor mahsulot.
Morfologik belgilari
I. Ot so‘z turkumi yasalish xususiyatiga ega. Otlar o‘zbek tilidagi
barcha so‘z yasalish usullari bilan yasaladi (Yasalishiga qaralsin.).
II. Ot yasovchi qo‘shimchalarga ega (Yasalishiga qaralsin.)
.
III. Shakl yasovchi qo‘shimchalarga ega:
A. Sintaktik shakl yasovchi (egalik, kelishik) qo‘shimchalarilarga
ega.
B. Lug‘aviy shakl yasovchi (uy+lar,kitob+cha)larga ega.
IV. Ot so‘z turkumi turlanish xususiyatiga ega. Ma’lumki,
kelishilik egalik qo‘shimchalari turlovchi qo‘shimchalar deb
yuritiladi, bu qo‘shimchalarni qabul qilgan otlar esa
turlangan otlar
deb yuritiladi.
V. Otning asosiy morfologik xususiyatlaridan biri 3
ta grammatik
kategoriyaga egaligidir. Ular:
1. Son kategoriyasi:
uy – uylar.
2. Egalik kategoriyasi:
daftar+im, daftar+ing, daftar+i.
3.Kishilik kategoriyasi:
kitob+ning(-ni, -ga, -da, -dan).
VI. Ot nokategoryal shakllarga, ya’ni 4 ta vazifadosh shakllarga
ega. Ular:
Sintetik shakl. Bu shakl o‘z navbatida ichki mazmuniy bo‘lishga
ega:
a)kichraytirish; b)hurmat; d) erkalash; e) qarashlilik; f) chegara.
Analitik shakl. Bu shakl ko‘makchilarning bosh, belgili-belgisiz
qaratqich, jo‘nalish va chiqish kelishigidagi so‘zlarga bog‘lanib ularni
hokim so‘zga tobe munosabat asosida bog‘lab
kelishidan hosil