29
(birikma) – besh barmoq (ot: taom), uloq (ot: echkining bolasi) – uloq
(ot: sport turi).
Konversiya usuli
Kishilik jamiyatida odamlar bir manzildaan ikkinchi manzilga
ko‘chib o‘tgani singari so‘zlar ham bir so‘z turkumidan ikkinchi so‘z
turkumiga ko‘chib o‘tadi.
Ot so‘z turkumidagi konversiya hodisasiga e’tiborimizni
qaratsak.
Konversiya usuli yordamida sifat, son, fe’l va taqlid so‘zlarning
quyidagi ko‘rinishlari otga ko‘chgan:
1. Rang-tus, maza-ta’m, holat va xil-xususiyat bildiruvchi
sifatlar: ko‘k (osmon, nasha, dollar), issiq, sovuq,
achchiq-chuchuk,
yosh, qari, yosh-u qari, o‘g‘il, qiz
(siyoh so‘zi
ham aslida sifatdan
ko‘chgan).
2. Ta’ziya va to‘y marosimlari bilan bog‘langan sonlar: uch, etti,
yigirma, qirq, to‘qqiz-to‘qqiz.
3. O‘zak holidagi fe’llar: kurash, shish, yuq, ich, yel, kengash,
ko‘ch, qir (kelsin).
4. O‘zak holidagi juft va takroriy fe’llar: ur-yiqit, ur-sur, baqir-
chaqir, yasan-tusan, supur-sidir, yugur-yugur, chopa-chop.
5. Harakat nomining -v//-uv, -sh//-ish, -r//-ar, -maslik
qo‘shimchalarini olgan sodda va juft fe’llar hamda ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmalari: saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov,
tanlov, tintuv, maqtov, to‘lov, o‘quv, tergov, qalov, qarov, to‘ntarish,
o‘zgarish, qiziqish, o‘tirish, qarash, muyulish//burilish,
burilish
Do'stlaringiz bilan baham: