Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


qadar kuzatmoq, Navro‘z/dan keyin


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

qadar kuzatmoq, Navro‘z/dan keyin kelmoq.
Juft va takroriy shakl. M.:ota-ona, el-yurt, rasta-rasta, qator-qator
VII. Otlar tuzilishiga ko‘ra 4 ga bo‘linadi. 
1. Sodda ot – bir asosdan tarkib topgan otdir. Bu ot ayni damda 2 
ga bo‘linadi: 
a) tub sodda: qalam, kitob, sinf; 
b) yasama sodda: qalam+don, kitob+xon, sinf+dosh. 
2. Qo‘shma ot – ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan otdir
M.: qo‘l/qop oltin/gugurt, beshik/tebratar. 
3. Juft ot – bir-biriga yaqin yoki qarama-qarshi ma’noli 
asoslardan tarkib topgan otdir . M.: o‘g‘il-qiz, idish-tovoq, ota-ona. 
4. Takroriy ot – ikkinchi qismi birinchi qismining tovush 
o‘zgarishi asosidagi takroridan tarkib topgan otlardir. M.: tuz-puz, 
tovuq-povuq, non-pon, uy-puy. 
VIII. Otlar so‘z turkumlari vazifasida keladi. M.: 
a) sifat vazifasida: tilla zirak, adras to‘n, charm kurtka
b) fe’lga bog‘lanib, ravish vazifasida keladi: qon yig‘lamoq, takror 
o‘qimoq, hovuch-hovuch ichmoq. 
 
Eslatma. Ayrim otlar ko‘makchi vazifasida kelishi mumkin. Bu 
holda ular ko‘makchi sanaldi. M. : uy tomon ketmoq, sinfdan tashqari 
o‘qish.
 
Ayrim otlar (aftidan, chamasi, mazmuni, ehtimol, haqiqatdan
haqiqatda, go‘r/go‘rga) modal so‘z vazifasida keladi. Bunday holda 
ular modal so‘z sanaladi.
Unutmang. Otlarning ko‘makchi yoki modal vazifasida kelishi 
matnda farqlanadi! 
Sintaktik belgilari 
I. Ot so‘z turkumi gapda barcha gap bo‘lagi vazifasida kela oladi
lekin uning asosiy sintaktik vazifasi  ega va to‘ldiruvchi  gap bo‘lagi 
vazifasida kelishidir. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling