Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Turdosh otlarning birlik shaklda predmetning birini yoki


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Turdosh otlarning birlik shaklda predmetning birini yoki 
to‘dasini ifodalashiga ko‘ra tasnifi 
Mazkur xususiyatga ko‘ra turdosh otlar ikkiga bo‘linadi.
1. Yakka ot. 
2. Jamlovchi ot. 
Yakka ot – bir turdagi predmetni o‘zinigina ifodalaydi. M.: 
odam, inson, qush, ot, tuya, qo‘y, olma, askar, saldat, navkar 
Jamlovchi ot – birlik shaklda ham bir turdagi predmetning 
jamini (to‘dasini) ifodalaydi. M.: xalq, el, ulus, olomon, xaloyiq, 
to‘da, gala, uyur, poda, meva, armiya, qo‘shin. 
Xususiyatlari.
1Yakka otlar -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul 
qiladi ( odamlar, qushlar, saldatlar), mavhum otlar esa qabul 
qilmaydi. 
2. Yakka ot oldidan oldidan son kelib, uning miqdoriy belgisini 
izohlab keladi ( ikkita tuya, beshta olma, o‘ttiz oltitadan test), 
mavhum otlar oldidan esa son kela olmaydi. 
Kim? nima? qayer? so‘rog‘iga javob bo‘lishiga ko‘ra 
otlarning tasnifi 
Mazkur xususiyatga ko‘ra otlar uchga bo‘linadi.
1. Shaxs otlari. Shaxs otlari kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan 
otlardir.
Shaxs otlariga atoqli ot ( Abdulla Qodiriy) hamda turdosh otlar 
(ona, ota, singil, o‘qituvchi, murabbiy) kiradi. 
2. Narsa otlari. Narsa buyum otlari – nima? so‘rog‘iga javob 
bo‘ladigan jonli va jonsiz narsalardir. M.: daftar, kitob, gul, mushuk, 
it, sichqon, bulbul, to‘ti. Xuddi shunday narsa-buyum otlariga atoqli 
otlar ham kiradi. M.: “Darakchi” gazetasi, “Sinfdosh” jurnali. 
3.O‘rin-joy otlari. Bu otlarga qayer? so‘rog‘iga javob 
bo‘ladigan atoqli hamda turdosh otlar kiradi. M.: Buxoro, Guliston, 
gulzor, tokzor, toshloq, oromgoh, shifoxona.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling