Konversiya usuli yordamida sifat, son, fe’l va taqlid so‘zlarning
quyidagi ko‘rinishlari otga ko‘chgan:
1. Rang-tus, maza-ta’m, holat va xil-xususiyat bildiruvchi
sifatlar: ko‘k (osmon, nasha, dollar), issiq, sovuq, achchiq-chuchuk,
41
yosh, qari, yosh-u qari, o‘g‘il, qiz (siyoh so‘zi ham aslida sifatdan
ko‘chgan).
2. Ta’ziya va to‘y marosimlari bilan bog‘langan sonlar: uch, etti,
yigirma, qirq, to‘qqiz-to‘qqiz.
3. O‘zak holidagi fe’llar: kurash, shish, yuq, ich, el, kengash,
ko‘ch, qir (kelsin).
4. O‘zak holidagi juft va takroriy fe’llar: ur-yiqit, ur-sur, baqir-
chaqir, yasan-tusan, supur-sidir, yugur-yugur, chopa-chop.
5. Harakat nomining -v//-uv, -sh//-ish, -r//-ar, -maslik
Qo‘shimchalarini olgan sodda va juft fe’llar hamda ko‘makchi
fe’lli so‘z qo‘shilmalari: saylov, ishlov, qurshov, qatnov, qistov,
tanlov, tintuv, maqtov, to‘lov, o‘quv, tergov, qalov, qarov, to‘ntarish,
o‘zgarish, qiziqish, o‘tirish, qarash, muyulish//burilish, burilish
(o‘zgarish ma’nosida); yozuv-chizuv, yurish-turish, borish-kelish,
bosar-tusar; ko‘rolmaslik, kiraverish.
6. Aniq yoki yaqin o‘tgan zamon shaklidagi sodda, juft va
takroriy fe’llar hamda fe’lli sintaktik birliklar: chaqirdi, chorlandi,
ko‘rdi; keldi-ketdi, qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, oldi-sotdi; dedi-dedi,
mindi-mindi (bolalar o‘yinining nomi); joy yig‘di, qozon to‘ldi.
7. Takroriy va juft shakldagi taqlid so‘zlar: ququ (qush), dudut
(engil mashina), popop (asli: pop-pop, tikuv mashinkasi), tutu (tovuq),
patpat (motostikl), shapshap (magazkushak) [5.36] .
Affiksastiya yo‘li bilan otlar quyidagi so‘z turkumlaridan yasalishi
mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |