49
1. Birlik shakli.
2. Ko‘plik shakli.
Birlik shakli
Birlik shaklning maxsus qo‘shimchasi yo‘q, u “0” ko‘rsatkichlidir.
M.:
uy, daftar, mashina, litsey.
Eslatma! Otlar gap tarkibida birlik shaklda bo‘lsa-da,
mazmunan
ko‘plikni ifodalab kelishi mumkin. M.:
Hasharda talabalar ko‘chat
o‘tqazishdi. Yangi bosma xonada kitob chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Misollarimizdagi
ko‘chat va
kitob so‘zlari birlik shaklda bo‘lsa-da,
mazmunan ko‘plikni ifodalayapti.
Ko‘plik shakli
Qo‘shimchasi:
-lar . Mazkur qo‘shimcha
ikki va adadi
cheklanmagan ko‘plik – XGMsini ifodalab keladi. M.:
uy/lar,
daftar/lar. She’vadagi shakli:
-a Biz+a keldik.
Eslatma
!
Ko‘plik qo‘shimchasi qo‘sh
undosh bilan tugagan
so‘zlarga qo‘shilsa, o‘zak oxiridagi tovush tushadi. M.:
metall+lar=metallar, ball+lar=ballar.
Otning son kategoriyasi sintaktik vazifa bajarmaydi.
•
Bilib olishingiz shart! Ko‘plik qo‘shimchasi ismlarning
lig‘aviy shakl yasovchisidir, ya’nib bu qo‘shimcha otdan tashqari
ot vazifasidagi hamda otlashgan so‘zlarga qo‘shilib keladi.
A. Quyidagi so‘z turkumlari otning ko‘plik qo‘shimchasini
t o‘ g‘ r i d a n-t o‘ g‘ r i qabul qiladi.
1. –
ov shaklidagi jamlovchi sonlar. Ta’kidlash lozimki,
jamlovchi sonlar ko‘plik qo‘shimchasini
qabul qilsa, undan so‘ng,
albatta,
egalik
qo‘shimchasi
keladi.
M.:
ikkov+lar+ing,
uchchov+lar+i.
Do'stlaringiz bilan baham: