Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qismlari o‘zaro antonim
- 3. Qismlarining ma’nosi yaqin
1.1. Qismlari o‘zaro sinonim: azob-uqubat, azmu qaror, aysh-
ishrat, alam-hasrat, amr-farmon, asbob-uskuna, atrof-tevarak//tevarak- atrof, aft-bashara, aql-zakovat, aql-idrok, aql-hush; baxt-saodat, bog‘u bo‘ston; dori-darmon, do‘st-yor//yor-do‘st, diqqat-e’tibor, davr- davron, dasht-biyobon; es-hush, el-ulus; fisq-fasod, fahm-farosat; gap- gashtak (“gap” so‘zining “ziyofat” ma’nosi), gard-g‘ubor; his-tuyg‘u, hazil-mutoyiba, huzur-halovat; ilm-fan, inon-ixtiyor, izzat-hurmat, 46 izzat-ikrom, izm-ixtiyor, ishq-muhabbat; jabr-zulm, jabr-sitam; kayf- safo, kibr-havo; lutfu karam, lutf-marhamat, lutf-ehson; maza-ta’m, makr-hiyla, mol-dunyo, mol-mulk, murod-maqsad; nazar-pisand, nasl- nasab, nola-fig‘on; or-nomus, osmonu falak, oshna-og‘ayni, oziq- ovqat; pand-nasihat, pand-o‘git; qavm-qarindosh, qaddi-qomat, qahr- g‘azab, qurol-aslaha; rang-qut, rohat-farog‘at; sehr-jodu; tag-tub, talon-taroj, tuz-namak; ta’rif-tavsif; urush-janjal, urug‘-aymoq, urf- odat; va’z-nasihat; xayr-ehson, xayr-baraka, xayr-saxovat, xavf-xatar, xesh-aqrabo, xulq-atvor; yarog‘-aslaha, yer-zamin; yor-do‘st, yor- birodar, yo‘l-yo‘riq, yuz-bet; zeb-ziynat, ziyon-zahmat, zavq-shavq; o‘rin-joy, o‘t-olov, o‘ch-adovat, o‘t-o‘lan; g‘am-hasrat, g‘am-g‘ussa; shovqin-suron, shak-shubha, sharaf-shon//shon-sharaf, sharm-hayo, shon-shuhrat, shon-shavkat; chang-g‘ubor, cho‘l-biyobon. 2. Qismlari o‘zaro antonim: avra-astar, avlod-ajdod, achchiq- chuchuk (sifatdan ko‘chgan); bordi-keldi (fe’ldan ko‘chgan), bosh- oyoq; do‘st-dushman; egachi-singil, er-xotin; Hasan-Husan; ko‘ylak- ishton; oshiq-ma’shuq; qulf-kalit; salom-alik (undov so‘zdan ko‘chgan); yer-osmon, yer-ko‘k; yoz-u qish//qish-u yoz; savol-javob, chol-kampir; shohu gado; o‘g‘il-qiz; 3. Qismlarining ma’nosi yaqin: ariq-zovur; baxt-taxt, baqir-chaqir (fe’ldan ko‘chgan), boj-xiroj, bosh-ko‘z; dala-dasht, dur-javohir, dardu balo, dev-alvasti, domla-imom; egar-jabduq, evara-chevara, el- yurt; fikr-zikr; go‘sht-yog‘//yog‘-go‘sht; general-mayor, general- polkovnik; harb-zarb, hisob-kitob, hol-jon; idish-tovoq, ilm-ma’rifat, ish-harakat, igna-ip; jon-u dil, jon-jahd; kalla-pocha, kasb-kor, ko‘rpa- to‘shak, ko‘rpa-yostiq, karnay-surnay, lab-lunj, mol-hol, munkar- nakir, mushk-anbar; nevara-chevara, nom-nishon, non-tuz, non- nasiba; ota-bobo, ot-ulov, orzu-havas; qazi-qarta, qovoq-tumshuq, quloq-miya, qurt-qumusqa, qiz-juvonlar, qo‘y-qo‘zi; sa’y-harakat, sovg‘a-salom; toj-taxt, tosh-tarozi, tashviqot-targ‘ibot, tish-tirnoq; uy- ro‘zg‘or, ur-yiqit, ur-sur, ust-bosh; xas-xashak, xat-savod, xor-xas, xotin-qizlar; yara-chaqa, yem-xashak, yetim-yesir, yer-suv, yuz-xotir, yuz-qo‘l//qo‘l-yuz; zahar-zaqum; o‘q-yoy, o‘q-dori, o‘yin-kulgi, o‘lim-yitim; chang-to‘zon; shahd-shakar. Otlarda uch aosiy holatdan tashqari qismlari butun va bo‘lak munosabatida bo‘lgan juft so‘zlar ham mavjud: tog‘-tosh, gap-so‘z, vaqt-soat, oy-u kun. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling