35
Atoqli otlarning xususiyatlari
I. Semantik xususiyatiga ko‘ra atoqli otlar bir ma’nolidir.
II. Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra atoqli otlar
sanalmaydigan
otlar hisoblanadi. M.: O‘bekiston Respublikasi, Abdulla Qodiriy.
•
Atoqli ot oldidan sanoq son unga bog‘lanib kela olmaydi.
III.
Orfografik xususiyati. Gapning qayerida kelmasin,
bosh
harf bilan yoziladi (quyiga qaralsin).
IV. Ko‘plik -lar qo‘shimchasini qabul qilmasligi uning
morfologik xususiyatidir. Demak, atoqli
otlar doim birlik shaklda
bo‘ladi.
Eslatma! Atoqli otlar –lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul qilishi
mumkin, lekin bunda ko‘plik qo‘shimchasi XGM ifodalamaydi, balki
uslubiy ma’nolarni ifodalab keladi:
1. O‘rin-joy otlariga qo‘shilsa,
keng geografik hudud ma’nosini
ifodalaydi. M.:
Toshkent/lar/ga qololmayman (Toshkent va uning
atrofi ma’nosida).
2. O‘rtoqlari, do‘stlari ma’nosini ifodalaydi. M.:
Munisa/lar
darsga yetib kelishdi.
3. Egizaklarning ismiga qoʻshilsa, shu ma’noni ifodalaydi. M.:
Do'stlaringiz bilan baham: