bo‘lishi mumkin, biroq mutlaqo so‘z yasovchi qo‘shimchasi
bo‘lmagan so‘zdir.
Tub sodda so‘zlar aslida tub, hozirda yoki o‘zbek tili nuqtai
nazaridan tub bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra:
1) aslida tub: ota, ona, uy, Vatan, ol, ko‘p;
2) hozirda tub, ya’ni soddalanish hodisasiga uchragan so‘zlar:
ko‘mir(ko‘m-mir), yomg‘ir (yog‘-m‘ir), olg‘a (old-ga), oltmish (olti-
mish), yetmish (yetti-mish), sakson (sakkiz-o‘n), to‘qson (to‘qqiz-o‘n),
biroq (bir-oq), birov (bir-ov), so‘ngra (so‘ng-ra);
3) o‘zbek tili nutai nazaridan tub: morfologiya, orfografiya,
orfoepiya, geografiya; hamroh, sartarosh; ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy.
Sodda yasama so‘zlar o‘zak va yasovchi qo‘shimchadan iborat
bo‘ladi. Ular tarkibida birdan ortiq so‘z yasovchi qo‘shimchalar
bo‘lishi ham mumkin. M.: gul+zor, o‘t+loq; aql+li, ba+davlat;
fikr+la, tun+a; ruh+an, do‘st+ona; gul+chi+lik, bil+im+don+lik
(v.h.).
Yodda tuting. Afiksatsiya usuli bilan so‘z yasalish hodisasi 4 ta –
ot, sifat, fe’l hamda ravish so‘z turkumlariga borligini inobatga
olsak, demak, sodda yasama so‘zlar faqat shu so‘z turkumlarida
uchraydi xolos.
Qo‘shma so‘z – kamida ikki asosdan iborat bo‘ladi. M.: atir/gul,
qo‘l/qop, tepa/kal, sotib olmoq, ishlab chiqarmoq, har vaqt, har yer.
(Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasalishiga qaralsin.)
Juft-takroriy so‘zlar o‘ziga xos xususiy grammatik ma’no
ifodalab keladi. M.: ko‘plik ma’nosi: stol-stul, aka-uka, baland-
baland, katta-katta, rasta-rasta; jamlash-umumlashtirish ma’nosi:
16
idish-tovoq, qozon-tovoq (ro‘zg‘or buyumlari), daftar-qalam (o‘quv
quroli), ko‘ylak-lozim (sarupo); davomiylik: tun-kun, bora-bora,
yoza-yoza.
➢ Eslatma. Unutmaslik lozimki, ayrim juft-takroriy so‘zlar
Do'stlaringiz bilan baham: |