1. Sof fe‘l nol koʻrsatkichlidir.
2. Sof fe’l tarkibida zamon, shaxs-son qo‘shimchasi hamda
nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik qo‘shimchalari bo‘ladi.
Azizim, qizingizning baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang.
3. Sof fe’llar doim fe’l kesim vazifasida keladi.
Oʻtilgan mavzularni takrorlayapman.
Harakat nomi
Fe’lning otga xoslangan shakliga harakat nomi deyiladi.
Qo‘shimchalari:
-sh / -ish: o‘qi+sh, so‘ra+sh; kel+ish, bor+ish.
-moq: bormoq, kelmoq, so‘ramoq.
-mak: yemak, bormak, ishlamak,
Muruvvat – barcha bermakdir, yemak yo‘q,
Futuvvat – barcha qilmakdur, demak yo‘q.
-moqlik diniy nutq shakli: xizmat qilmoqlik, bormoqlik.
-v / -uv: o‘qi+v=o‘quv, tani+v=tanuv, ishla+v=ishlov, bor+uv
➢ Yodda tuting!
–v/ -uv shaklidagi ayrim harakat nomlari otga ko‘chib
o‘tgan: saylov, tanlov, qistov, uchrashuv.
Fe’lning harakar nomi otga xoslangan shakli bo‘lganligi uchun
ham fe’l so‘z turkumiga, ham ot so‘z turkumiga xos xususiyatlarga
ega.
Fe’lga xos xususiyatlari:
1. Harakat va holatni ifodalaydi. M.: yugurish, qatnamoq, uyalish,
o‘sish.
2. Boshqa fe’llar kabi kelishik shaklidagi so‘zlarni boshqaradi.
M.: kitobni oʻqish, misolni yechish, testni topshirish (o‘timli fe’llar);
yurtga qaytish, sayohatga chiqish, uyda o‘tirish (o‘timsiz fe’llar).
3. O‘timli, o‘timsiz bo‘la oladi.
4.Harakat
nomi shaklidagi fe’llarda quyidagi nisbat
qo‘shimchalari bo‘ladi: o‘zlik nisbat: kiyinish, artinish, sevinish,
cho‘milish;
Do'stlaringiz bilan baham: |