Sintaktik xususiyati
Taqlid so‘zlar sintaktik vazifalariga ko‘ra sifat va ravishga yaqin
turadi va ularning so‘roqlariga javob bo‘ladi:
1. Otga bog‘lanib, sifatlovchi-aniqlovchi bo‘lib keladi: Sinfda
shivir-shivir ovoz tinadimi?
2. Fe’lga bog‘lanib, hol vazifasida keladi: Boshidagi toj yal-
yal yonarmish.
3. Ot kesim bo‘lib keladi: Miyangda aql g’ij-g’ij.
5. Otlashganda:
Ega vazifasida keladi: Odamlarning g‘ovur-g‘ovuri bosildi.
To‘ldiruvchi vazifasida: Yuragining duk-dukini eshitdi.
Aniqlochi vazifasida: Chug‘ur-chug‘urning to‘xtashi amri
mahol.
Taqlid so‘zlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
I. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘zlar – shaxs, jonli-jonsiz
narsalarning ovoziga taqlidni bildiradi. Bevosita eshitish bilan
bog‘liq. Ular: ak-ak, ang-ang, ar-ar, afshu, baka-bang, baqir-buqur,
bag‘-bug‘, biq-biq, bit-bildiq, vang-vang, vov-vov, gangir-gungur,
gijbang, gurs, jaz-juz, jiz-biz, inga-inga, miyov-miyov, patir-putur,
pit-pildiq, tapar-tapar, taraqa-turuq, tars, tars-turs, tars-tars, tasira-
tusur, taqir-tuqur, taq-tuq, tiq-tiq, xir-xir, hur-hur, chak-chak, chalp-
chulp, chilp-chilp, cho‘lp-cho‘lp, chirs-chirs, chars-churs, shapir-
shupur, qars, qars-qars, qars-qurs, qart-qurt, qasir-qusur, qa-qaq, qiy-
chuv, qisir, g‘arch, g‘arch-g‘urch, g‘a-g‘a, g‘at, g‘at-g‘at, g‘iz, hingir-
hingir, ho‘ngir-ho‘ngir.
Misol: Dupur-dupur ot keldi, Ko‘chaga qarang kim keldi.
(Qo‘shiq). Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g‘ong‘ir-g‘ong‘ir
ovozdan uyg‘onib ketdim. (G‘afur G‘ulom).
II. Holat – obrazga taqlid so‘zlar – narsalarning holatiga
Do'stlaringiz bilan baham: |