Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Sintaktik xususiyati 
Taqlid so‘zlar sintaktik vazifalariga ko‘ra sifat va ravishga yaqin 
turadi va ularning so‘roqlariga javob bo‘ladi: 
1. Otga bog‘lanib, sifatlovchi-aniqlovchi bo‘lib keladi: Sinfda 
shivir-shivir ovoz tinadimi? 
 
2. Fe’lga bog‘lanib, hol vazifasida keladi: Boshidagi toj yal-
yal yonarmish.
 
3. Ot kesim bo‘lib keladi: Miyangda aql g’ij-g’ij
5. Otlashganda:
Ega vazifasida keladi: Odamlarning g‘ovur-g‘ovuri bosildi.
 
To‘ldiruvchi vazifasida: Yuragining duk-dukini eshitdi. 
 
Aniqlochi vazifasida: Chug‘ur-chug‘urning to‘xtashi amri 
mahol. 
Taqlid so‘zlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
I. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘zlar – shaxs, jonli-jonsiz 
narsalarning ovoziga taqlidni bildiradi. Bevosita eshitish bilan 
bog‘liq. Ular: ak-ak, ang-ang, ar-ar, afshu, baka-bang, baqir-buqur, 
bag‘-bug‘, biq-biq, bit-bildiq, vang-vang, vov-vov, gangir-gungur, 
gijbang, gurs, jaz-juz, jiz-biz, inga-inga, miyov-miyov, patir-putur, 
pit-pildiq, tapar-tapar, taraqa-turuq, tars, tars-turs, tars-tars, tasira-
tusur, taqir-tuqur, taq-tuq, tiq-tiq, xir-xir, hur-hur, chak-chak, chalp-
chulp, chilp-chilp, cho‘lp-cho‘lp, chirs-chirs, chars-churs, shapir-
shupur, qars, qars-qars, qars-qurs, qart-qurt, qasir-qusur, qa-qaq, qiy-
chuv, qisir, g‘arch, g‘arch-g‘urch, g‘a-g‘a, g‘at, g‘at-g‘at, g‘iz, hingir-
hingir, ho‘ngir-ho‘ngir. 
 
Misol: Dupur-dupur ot keldi, Ko‘chaga qarang kim keldi. 
(Qo‘shiq). Yetti qaroqchi yulduzi tik kelganda g‘ong‘ir-g‘ong‘ir 
ovozdan uyg‘onib ketdim. (G‘afur G‘ulom).
 
II. Holat – obrazga taqlid so‘zlar – narsalarning holatiga 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling