Bulardan faqat sof yuklama, -gina//-kina//-qina vazifadosh
yuklama.
4. O‘xshatish-qiyoslash yuklamalari: go‘yo//goyoki, xuddi,
naq. M.: Go‘yo sharpa o‘tganday bo‘ldi.(Hamid G‘ulom). Xuddi
o‘zing kabi o‘sar ko‘chating. (Mirtemir)
5. Gumon yuklamasi: -dir, -ov//yov. M.: Qorovul bolalarni
ko‘rmaganov. Birov keldiyov. Uyiga yetib borgandir.
Bilib oling. Bu yuklama -man, -san, -miz, -siz qo‘shimchalari
kabi shaxs-son ifodalaydigan -dir munosabat qo‘shimchasi bilan
shakldoshdir. M.: Farzandlarim mening qanotimdir.
6. Inkor yuklamasi: na – na. M.: To‘rt mucham sog‘,
do‘stlarim bor havas qilgulik, Nolimayman na kelajak, na
o‘tmishimdan. (A.Oripov).
Bilib oling. Hech bo‘lishsizlik olmoshi, sira, aslo miqdor ravishlari
7-sinfga ko‘ra inkor yuklamasidir.
Yuklamalarning yozilishi
1. -mi, -oq//-yoq, -gina//-kina//-qina, -dir yuklamalari o‘zidan
oldingi so‘zga qo‘shib yoziladi: Shu bugunoq ota-onasigagina emas,
butun mahallaga etib bormaydimi?
2. -chi, -ku, -u//-yu, -da, -a//-ya, -la yuklamalaridan oldin
chiziqcha qo‘yiladi. M.: Bular ona yurtning erkalari-da, Bular ertagi
kun egalari-da!
Eslayma. faqat, ham, hatto, axir kabi so‘z yuklamalar ayrib
yoziladi. M.: Tog‘larda hatto yoz oylarida ham yomg‘ir yog‘adi.
194
ALOHIDA SO‘Z TURKUMI
Alohida so‘z turkumlari guruhi - oraliqdagi so‘zlar
1. Taqlid so‘z turkumi.
2. Undov so‘z turkumi.
3. Modal so‘z turkumi,
Xususiyatlari:
Do'stlaringiz bilan baham: |