191
Bilib oling. Shart bog‘lovchilaridan garchi yozma nutq
uslubi uchun xos.
Aniqlov ergashtiruv bog‘lovchilari: ya’ni, -ki/kim.
Mazkur bog‘lovchilardan,
ya’ni ajratilgan bo‘laklarni ajratilmish
bo‘lakka bog‘laydi va
undan oldin doim vergul qo‘yiladi. M.:
Julqunboy,
ya’ni Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligining
asoschisidir.
-
ki ergashgan qo‘shma gaplarda odatda bosh gap kesimida kelib,
ergash gaplarni bosh gaplarga bog‘laydi va
undan so‘ng vergul
qo‘yiladi. M.:
Tilagim shu+ki, ota-onangiz orzu qilgandek baxtli
bo‘linglar.
Bilib oling. Aniqlov bog‘lovchilari faqat yozma nutq uslubi
uchun xos.
Chog‘ishtiruv bog‘lovchilari: go‘yo/go‘yoki, xuddi.
Bog‘lovchilarning miqdori,
ularning mohiyati,
turi hanuzgacha
bahsli.
Jumladan, chog‘ishtirish bog‘lovchilari ham,
chunki bular
yuklama sifatida ham olinadi. M.:
Kun issiq, go‘yo tandirda o‘t
yoqilgandek.
Maqsad
bog‘lovchisi:
toki.
Farzandlarimizga
ilm-hunar
o‘rgataylik, toki barkamol inson bo‘lishsin!
Do'stlaringiz bilan baham: