208
Idioma (grek. idioma – oʻziga xos ifoda, ibora).ayn.frazeologik
chatishma.
Idiomatika. 1. Biror tilning idiomalari majmui.
2. Tilshunoslikning idiomalarni oʻrganuvchi boʻlimi.
K
Kakografiya (grek. kakos – yomon+grapho – yozaman ). Ongli
ravishda xatolar qoʻyilgan tekstni oʻquvchilarga tuzatishga berish
bilan orfografiyani oʻrgatish usuli.
Bu usul pedagogik jihatdan
asoslanmagan.
Y
Yasalish. Biror til (nutq) birligining ma’lum vositalar yordamida
hosil qilinishi:
So‘z yasalishi; Shakl yasalishi.
Yasalma. Yasalish natijasida hosil qilingan birlik (soʻz). Masalan,
suvchi soʻzida:
suv – soʻz yasalish asosi,
-chi –
yasovchi affiks,
“suvchi”ning oʻzi esa yasalmadir.
Yasama asos Ma’lum vositalar yordamida yasalgan va boshqa
soʻzning yasalishiga asos boʻladigan asos. Masalan,
terimchi soʻzining
yasalishiga asos boʻlgan qism
(terim) yasama asosdir.
Yetakchi fe’l. Analitik fe’l shakllarida oʻz mustaqil ma’nosini
saqlovchi fe’l. Masalan,
oʻqib chiqdi, ezib tashladi, bora qol, yiqilib
ketdi kabi analitik shakllarda
oʻqi, ez, bor, yiqil fe’llari yetakchi fe’l
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: