Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qaratqichli aniqlovchi
- gapirmoq, odmi kiyinmoq, g‘irrom, qaltis
1. Kim? nima? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ega vazifasida keladi.M.:
Dono – durdan a’lo. To‘g‘ri o‘zadi, egri to‘zadi. 2. To‘ldiruvchi vazifasida keladi. M.: Yaxshidan bog‘ qoladi, yomondan dog‘. Ilg‘orlarni mukofotlashdi. 3. Qaratqichli aniqlovchi vazifasida keladi. M.: Saxiyning ehsoniga baxilning boshi og‘rir. 4. Undalma vazifasida keladi. M.: Azizlar, har bir mavzuni o‘zlashtiring. So‘z birikmasidagi o‘rni Sifat asosan otga bog‘lanib, bitishuvli so‘z birikmasida tobe so‘z bo‘lib keladi. M.: dardli nola, go‘zal qiz, ko‘m-ko‘k osmon. Fe’lga boglansa ham. M.: yaxshi o‘qidi, uzoq gapirdi. Sifat otlashgan bo‘lsa: a) moslashuvli so‘z birikmasida tobe so‘z (yaxshining gapi, to‘g‘rining ishi) yoki hokim so‘z (asarlarning qiziqarlisi, masalaning qiyini) bo‘lib kelishi mumkin; b) boshqaruvli so‘z birikmasida ham tobe so‘z (achchiqni kesadi, yaxshiga yondash) yoki hokim so‘z (mendan katta, o‘ziga yaxshi) bo‘lib kelishi mumkin. Sifatning ma’no munosabatiga ko‘ra turlari Sifat so‘z turkumi predmetning turli belgilarini ifodalab keladi. M.: bahorgi, qizil, nozik, xushbo‘y gul, keng xona, yozgi kiyim, devoriy gazeta, mazali sho‘rva. Shunga ko‘ra sifatlar quyidagi ma’no guruhlariga bo‘linadi: 1. Xususiyat sifatlari. 2. Rang-tus sifatlari. 3. Maza-ta’m sifatlari. 83 4. Hid sifatlari. 5. Hajm-o‘lchov sifatlari. 6. Makon-zamon sifatlari. I. Xususiyat sifatlari – narsalarning turli xususiyat holatlarini bildiradi. Mazkur sifatlar inson va jonivorlarning xarakter xususiyatlarini hamda jonsiz predmetlarning xossalarini ifodalaydi. O‘rni kelganda ta’kidlash lozimki, manbalarda keltirilgan xil- xususiyat bildiruvchi hamda holat bildiruvchi sifatlar darslikda xususiyat sifatlari deb bitta qilib berilgan. Xil-xususiyat bildiruvchi sifatlar: abadiy, ayyor, abjir, avom, ajnabiy, azaliy, aziz, alamli, aldoqchi, amaliy, asosli, asriy, afsonaviy, ahmoq, babaq (xo‘roz), badbin, badgumon, badjahl, badiiy, badrashk, badnafs, bo‘sh-bayov, bebosh, begona, bezbet, biyron, bilag‘on, bo‘tana (suv), dadil, daydi, dali-g‘uli, dangasa, faol, foniy, gapdon, garang, go‘l, halol, harom-harish, jo‘n, kamgap, lalmi, maxfiy, mahmadona, mechkay, merov, mudhish, muttaham, muqaddas, nodir, nodon, noyob, nonko‘r, ovsar, odil, odmi, oddiy, ojiz, olifta, ofatijon, ochofat, pismiq, puch, qat’iyatli, qaltis, qiyin, rahmdil, samimiy, sarxil, tajang, tanbal, tansiq, tanqis, tentak, teran, tetik, tuyg‘un, turli, to‘pori, ulgurji, umumiy, vazmin, vaysaqi, vatanparvar, vafodor, va’daboz, vijdonli, vositasiz (to‘ldiruvchi), xayrixoh, xasis, xokisor, yanglish, yaxlit, yaxshi, yashirin, yaqin, yovvoyi, yo‘rg‘a, zab, zabardast, zakiy/zukko, ziyrak, o‘jar, o‘gay, g‘alati, g‘irrom, chakki (ish), IZOH! Mazkur sifatlar nafaqat otning balki, fe’lninh – harakat- holatning ham belgisini ifodalaydi. M.: dadil gapirmoq, odmi kiyinmoq, g‘irrom, qaltis, yashirin o‘ynamoq. Holat bildiruvchi sifatlar: abgor, aybdor, alag‘da, alamzada, ayanchli, apoq-chapoq, baravj, barkamol, barqaror, boxabar, bexabar, baxtiyor, bedor, besaranjom, bo‘liq, dabdala, darg‘azab, eski, farovon, gavjum, giryon, gavjum, giryon, hozir-u nozir, ho‘l, issiq, iliq, kir, ko‘hna, luchchak, mal’un, marhum, mast, mast-alst, mashhur, mosuvo, muallaq, mulzam, muntazir, mushtoq, muhtoj, noqulay, navqiron, ochiq, olazarak, obod, ozod, osuda, pajmurda, palag‘da, paxmoq, pachoq, pinhon, pokiza, qaram, qizg‘in, qistalang, semiz, sovuq, sokin, toza, tarang, tashna, to‘q, vayron, voqif, yopiq, xom, xarob, xasta, xafa, xijil, xomush, xor, xursand, shalabbo, shay. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling