Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
ESLATMA! Takroriy sifatlar belgini
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keksa kishi+lar
- Katta odam+ga
ESLATMA! Takroriy sifatlar belgini t a’ k i d l a b,
k u ch a y t i r i b ifodalaydi. M.: Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go‘shtlardan kabob pishiryapti. VI. Sifat shakl yasovchining lug‘aviy shakl yasovchilariga ega. Ular: -ish: ko‘k/ish, oq/ish. -mtir/-imtir: qora/mtir, ko‘k/imtir. -tob: yashil/tob. -g‘ish: qizg‘ish. Unutmang! Mazkur qo‘shimchalar faqat rang-tus belgisini bildiruvchi sifatlarga qo‘shiladi. Biroq –roq qoʻshimchasi sifatning barcha ma’no turlariga qoʻshila oladi: qora/roq, oq/roq, chiroyli/roq, mazali/roq, og‘ir/roq, baland/roq... BILIB OLING! Sifatning - roq qo‘shimchasi, sifatdan tashqari ravishga (tez/roq, erta/roq, ko‘p/roq), fe’lning ravishdoshiga (o‘ylab/roq, shoshilib/roq, indamay/roq), hamda modal ma’noli so‘zlarga (zarur/roq, yo‘q/roq) qo‘shilib keladi. VII. Sifatning asosiy morfologik xususiyatlaridan biri daraja kategoriyasiga egaligidir. Sifat darajasining to‘rtta shakli mavjud. Ular: 1. Oddiy daraja; 2. Ozaytirma daraja; 3.Qiyosiy daraja; 4. Orttirma daraja. (Quyiga qaralsin). VIII.Sifat belgini to‘g‘ridan to‘g‘ri ifodalash-ifodalamasligiga hamda belgini darajalash-darajalamasligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: 1. Asliy sifat – darajalana oladigan sifatlardir. M.: go‘zal+roq, shirin+roq, yuzaki+roq, hozir/javob+roq; juda go‘zal, eng shirin, sal yuzaki, juda hozir/javob. 2. Nisbiy sifat. Soddagina aytganda, darajalana olmaydigan sifatlardir. M.: tungi, bahorgi, deraza/li, devor/iy. IX. Sifatning muhim morfologik xususiyatlaridan biri uning otlashishidir. Sifat otlashganda, quyidagi holat kuzatiladi: 1. Ot tarkibidagi grammatik ko‘rsatkichlar, ya’ni ko‘plik, egalik, kelishik qo‘shimchalari sifatga qo‘shilib keladi. 2. Otning so‘rog‘ini qabul qiladi. 3. Otning sintaktik vazifasida keladi. Solishtiring: Sifat Otlashgan sifat Sinfimizda a’lochi o‘quvchi+lar Sinfimizda a’lochi+lar(ning) soni 81 soni tobora ortib bormoqda. tobora ortib bormoqda. Keksa kishi+lar katta hayotiy tajribaga ega bo‘ladilar. (qanaqa kishi?) Keksa+lar katta hayotiy tajribaga ega bo‘ladilar.(kim?) Dangasa odam+ning bahonasi ko‘p. (qanaqa odamning?) Dangasa+ning bahonasi ko‘p. (kimning?) Katta odam+ga katta bo‘l, kichik odam+ga – kichik. (qanday odamga?) Katta+ga katta bo‘l, kichik+ga – kichik. (kimga?) X. Sifat ismlardan biri sanaladi, chunki belgini nomlab keladi va munosabat qo‘shimchalarini, ya’ni egalik, kelishik, -man, -miz, - san, -siz, -dir qo‘shimchalarini qabul qiladi. M.: Yaxshiga yaxshi+man, yomonga yomon+man. Qiziquvchilar uchun. 1. Sifat fe’l kesimga bog‘lansa, ravish vazifasida keladi. M.: chiroyli kuldi(qay tarzda?), achchiq-achchiq gapirdi(qay tarzda?). Samoning bulutlar siyrak, zangorsimon, sahnida ham to‘lishmagan qandaydir beshakl oy xira, rangsiz Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling