Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/202
Sana25.02.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1229059
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)

Qiyoslang: Uzum/ni yemoq – uzum/dan yemoq, non/ni olmoq – 


74 
non/dan olmoq, suv/ni ichmoq – suv/dan ichmoq, tort/ni oling – 
tort/dan oling. 

Sintaktik vazifasi. 1. Shaxs va narsa otlariga qo‘shilib, kimdan?, 
nimadan? so‘rog‘iga javob bo‘lib,  vositali to‘ldiruvchi  vazifasida 
keladi. M.: Iymonsiz odam/dan yaxshilik kutma. 
2. Kimdan(-dir)?, nimadan(-dir)?, qayerdan(-dir)? so‘rog‘iga 
javob bo‘lib, ot kesim vazifasida keladi. M.: Vatanni sevmoq 
iymon/dan/dir (Hadis). Men Buxoro/dan/man
3. Hol vazifasida keladi. M.: 
1) payt otlariga qo‘shilib, qachondan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi 
va payt holi vazifasida keladi. M.: Tarbiya bolalik/dan boshlanadi. 
2) o‘rin-joy otlariga qo‘shilibqayerdan? so‘rog‘iga javob bo‘ladi 
va o‘rin holi vazifasida keladi. M.: Akam Toshkent/dan keldi
3) Sanoq sonlarga qo‘shilsa, qanchadan? so‘rog‘iga javob bo‘lib,
daraja-miqdor holi vazifasida keladi. M.: Kitob 1000 so‘mdan 
sotildi. 
4) nima sababdan? So‘rog‘iga javob bo‘lib, sabab holi vazifasida 
keladi. 
M.: 
Ravshan 
yosh 
va 
tajribasizligi/dan 
asirga 
tushdi.(“Ravshan”) 
 
O‘qing qiziq! Ot-kesim sifatida bor, yo‘q modal so‘zlari 
kelsa, chiqish kelishigidagi so‘z nima?  so‘rog‘iga javob bo‘lib, ega 
vazifasida keladi. M.: Bu kitobdan menda bor. 
Chiqish kelishigining ma’nolari.  
1. Harakatning boshlanish nuqtasi ma’nosini. M.: Litsey/dan 
keldim. 
2. Predmetning nimadan ishlanganini. M.: Qilich po‘lat/dan 
tayyorlangan.
3. Qiyoslash ma’nosini ifodalaydi. M.: Asal qand/dan shirin
4. Harakatning bajarilishiga vosita ma’nosini ifodalaydi. M.: 
Deraza/dan shamol kiryapti. 
5. Harakat qaratilgan predmetni ifodalaydi. M.: Javobni 
Mohinur/dan eshitamiz. 
6. Ish-harakatning belgisini ifodalaydi. M.: Yurak/dan o‘qish 
kerak. 


75 
Otning nokategorial shakllari – vazifadosh shakllari 
Otning nokategorial shakllari – XGM ning shakl yasovchi – 
lugʻaviy shakl yasovchi qoʻshimchalar, juft-takroriy hamda yordamchi 
soʻzlar bilan ifodalanishidir. Ular quyidagi uch shaklda kuzatiladi: 
1. Sintetik shakl. 
2. Analitik shakl. 
3. Juft-takroriy shakl. 
Juft-takroriy shakllar otning tuzilishiga koʻra turlari mavzusida 
berildi.
Analitik shakl, ya’ni XGM ning yordamchi soʻz turkumlari bilan 
ifodalanishidir. Bevosita koʻmakchi soʻz turkumi bilan bogʻliqligi 
uchun shu mavzuga qaralsin. 
 
Otning sintetik shakllari
 Kichrаytirish shаkli 
 
-chа: kitоbchа, dаftаrchа, uychа, qizchа. 
Izoh: Bu qo‘shimcha polisemantik qo‘shimcha bo‘lib, shахs vа 
predmetlаrning kichikligini ifodalashdan tashqari ayrim shахs оtlаrigа 
qo‘shilsа, uslubiy ma’no – kаmsitish, mensimaslik, masxaralash 
hamda hurmat ma’nolarini ifodalab keladi. Masalan: Shuhrаt

chа, 
Gulbаhоr

chа, Оynisа

chа аhvоllаr qаlаy?
-chоq: tоychоq, qo‘zichоq.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling