Chiqish kelishigi
Ish harakatning boshlanish nuqtasini (uydan kelmoq), obyektini
(nondan yemoq), manbasini
(kitobdan o‘qidim), shuningdek, paytini
(yoshlikdan tayyorlanmoq) va sababini, bir-
biriga o‘xshashligi,
qiyoslanishini ifodalab keladi.
Qo‘shimchasi:
-dan: Toshkent/dan kelmoq, temir/dan qattiq, shamol/dan tez.
Mumtoz adabiyotdagi shakli: -din. Jondin seni ko‘p sevarmen, ey
umri aziz.(A.N.)
Sheva va folklordagi shakli: -tin/ -tan/ -nan.
Chiqish kelishigining so‘zlarni bog‘lab kelishi.
1. Chiqish kelishigidagi so‘z ko‘proq o‘timsiz fe’lga bog‘lanadi.
M.: ish/dan qaytmoq, uy/dan kelmoq, maktab/dan jo‘namoq.
2. Qaratqich kelishigi bilan sinonim bo‘lganda, III shaxs egalik
shaklidagi otlashgan so‘z bilan bog‘lanadi. M.: o‘quvchilar/dan bir/i,
testlar/dan qiyin/i.
UNUTMANG
!
Ayrim so‘zlarga qo‘shilganda, o‘z grammatik ma’nosini
yo‘qotib, ravishga o‘tadi va morfemalarga ajratilmaydi.
M.: bexosdan
(yiqilmoq), birdan (hujum qilmoq), shu ondan, o‘sha vaqtdan.
Yodda tuting! Chiqish kelishigi mutlaqo belgisiz ishlatilmaydi.
So‘z birikmasidagi o‘rni. Chiqish kelishigi boshqaruvli so‘z
birikmasida tobe so‘z tarkibida bo‘ladi. M.: ko‘cha/dan o‘tmoq,
maktab/dan kelmoq, mashina/dan tushmoq.
Bilib oling.
Ba’zan tushum kelishi o‘rnida chiqish kelishigi shakli
ishlatilishi mumkin. Lekin ularning ma’nosida ma’lum farq bor. Tushum
kelishigidagi so‘z butunni, chiqish kelishigidagi so‘z qismni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |