Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Affiksatsiya usuli bilan yasaladi .
- (ot+fe’l );
tilla uzuk, kumush qoshiq, zumrad bahor to‘n, adras mato, oltin
kuz. 2. Sifat xarakteridagi olmosh: shu kitob, o‘sha odam, har qanday ish. 3.Fe’lning sifatdosh shakli: o‘qigan odam, oqar suv, qizargan pomidor. 4. Sifat vazifasida kelgan ravish: g‘olibona qarash, otalarcha mehr. 5. Taqlid soʻz turkumi: shivir-shivir ovoz, qisir-qisir non. • Mazkur so‘zlar otga bog‘lanib, sifatning so‘roqlariga javob bo‘lyapti. Morfologik xususiyati I. Sifatning asosiy xususiyati otga bog‘lanib, predmetning belgisini ifodalashdir. M.: go‘zal manzara (xususiyat belgisi), nordon anor (ta’m belgisi), katta uy (hajm belgisi), xushbo‘y gul (hid belgisi), bahorgi kiyim (payt belgisi). U NUTMANG ! Bilish lozimki, ayrim sifatlar nafaqat otning, balki harakat-holat, ya’ni fe’lning ham belgisini ifodalashi mumkin. Qiyoslang: yaxshi odam (ot) –yaxshi gapirdi (fe’l), chiroyli gul (ot) – chiroyli yozdi (fe’l), samimiy inson (ot) – samimiy gapirdi (fe’l), dardli odam (ot) – dardli jilmaydi (fe’l). II. Sifat otning turlovchi hamda ko‘plik qo‘shimchalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilmaydi, chunki bu qo‘shimchalar sifat bog‘langan otlarga qo‘shiladi. M.: yangi hovli/miz/da, savodli bola/lar/imiz. 79 ESLATMA . 1. Sifatlar qachonki, otlashsa, otning egalik, kelishik va ko‘plik qo‘shimchalarini qabul qiladi. M.: Aziz/lar/im/ni sog‘indim. 2. Xuddi shunday, sifat tuslovchi – shaxs-son qo‘shimchalarini ham qabul qilmaydi, chunki bular sifat bog‘langan felga qo‘shiladi. M.: to‘g‘ri gapirdi/ng, yolg‘on gapira/di. III. Sifat so‘z yasovchi qo‘shimchalarga ega (Sifat yasalishiga qaralsin). IV. Sifat so‘z turkumi yasalish xususiyatiga ega. Yasama sifatlar ikki xil usul bilan yasaladi: 1. Affiksatsiya usuli bilan yasaladi. M.: shira+li, mazmun+dor, ser+unum, bahor+gi, sez+gir, be+xabar. 2. Kompozitsiya usuli bilan yasaladi. M.: xom/semiz (sifat + sifat); kul/rang, sher/yurak, dev/qomat (ot+ot); erk/sevar, jon/kuyar, til/yog‘lama (ot+fe’l ); hozir/javob, kam/qon, kam/gap (ravish + ot). BILIB OLING. Sifatlar tarkibiga ko‘ra tub va yasama sifatlarga bo‘linadi. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalar bo‘lmagan sifatlar tub sifatlar, asos va yasovchi qismdan iborat bo‘lgan sifatlar yasama sifatlar hisoblanadi. Yasama sifatlar asosga qo‘shimchalar qo‘shish yoki so‘z qo‘shish yo‘li bilan hosil qilinadi . V. Sifatlar tuzilishiga ko‘ra 4 ga bo‘linadi. 1. Sodda sifatlar – bir asosdan iborat. Ayni paytda soda sifatlarning o‘zi ikkiga bo‘linadi: a) tub sodda: oq, qoramtir, go‘zal, yaxshiroq. b) sodda yasama: chiroy/li, bilim/li, ser/suv, bo‘y/dor, tin/iq, sovu/q, ulug‘/vor. 2. Qo‘shma sifat – ikki va undan ortiq asosdan iboratdir. M.: erk/sevar, och/ko‘z, sher/yurak, jigar/rang, shirin/so‘z, ospon/o‘par, kalta/fahm, baland/parvoz, mehnat/sevar, ish/yoqmas, tosh/bag‘r, sof/dil. 3. Juft sifat – o‘zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki qismdan iborat. M.: qing‘ir-qiyshiq, egri-bugri, katta-kichik, turli-tuman, baland-past, sarg‘ish-qo‘ng‘ir. 4. Takroriy – bir asosning takroridan iborat. M.: katta-katta, yangi- yangi, uzun-uzun. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling