Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


ham koʻrsatish olmoshidir


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

ham koʻrsatish olmoshidir.
Xususiyatlari. 1. Koʻrsatish olmoshlari sifat, son, ravish 
xarakterida  boʻlib, oʻzi aniqlayotgan soʻzdan oldin keladi. M.: shu 
odam, shuncha kitob, shunday ishla. 
2.Koʻrsatish olmoshi gap oʻrnida kelib, oʻzidan keyingi gapga 
ishora qiladi. M.: Tilagim shuki, har biringiz oʻqishga kiring. Yoki 
aksincha oʻzidan oldingi gapga ishora qiladi. M.: Kim birovning 
koʻnglini koʻtarsa, u ikki dunyo saodatiga erishadi. 
3.Soʻz birikmasiga ishora qiladi: Chang’ida uchishni yaxshi 
koʻraman, afsus, bu buxorolik uchun orzu.
4Soʻzga ishora qiladi: Buxoro qadimiy shahar. Qanaqa shahar? 
Koʻrsatish olmoshlari otlashgandagina otga xos koʻplik, egalik, 
kelishik  qoʻshimchalarini qabul qiladi. M.: Mana bu+ni aytsa boʻlar 
Eng oily, zoʻr muammo. Anavini qara-ya, oʻzimizning toʻpori Zebimi 
shu?(S. Ahmad) 
 
Ma’lumki, u kishilik hamda u koʻrsatish olmoshi oʻzaro 
shakldosh omonimdir. Ular quyidagi xususiyatlarga koʻra farqlanadi.
Farqi 
Kishilik olmoshi 
Koʻrsatish olmoshi 
1. Ma’nosiga koʻra 
farq qiladi. 
U kishilik olmoshi matnda 
shaxs 
yoki 
predmetni 
ma’nosini ifodalab kelishi 
mumkin. 1. Azamat javob 
oldi. 

geometriyaga 
kirmoqchi. 
2. 
Kapalak 
goʻzal hasharot. Uning 
uchishi ham chiroyli.
 
Koʻrsatish olmoshi esa 
sifatga 
xos 
belgi 
ifodalaydi. M.: U bola 
yangi kelganlardan.
 
2. Soʻrogʻiga koʻra. 
Kim? nima? soʻroqlariga 
javob boʻladi.
Qaysi? soʻrog’iga javob 
boʻladi. 
3.Sintaktik 
vazifasiga koʻra. 
Ega, 
toʻldiruvchi, 
qaratqichli-aniqlovchi  
boʻlib keladi. 
Sifatlovchi-aniqlovchi  
vazifasida keladi. 
 
4.Gapda soʻzlarga 
bog’lanib kelishiga 
koʻra. 
Kelishik 
shakllari 
vositasida ikkinchi soʻzga 
bog’lanadi.M.: Uning uyi. 
Grammatik 
koʻrsatkichsiz soʻz tartibi 
va 
ohangiga 
koʻra, 
bitishuvli 
munosabat 
asosida oʻzidan oldingi 
soʻzga (otga) bog’lanadi. 
 


122 
 
 
 
 
Gumon olmoshlari 
Noaniqlik, gumon ma’nolarini bildiradi. Ular toʻrt xil yoʻl bilan 
hosil qilinadi: 
1. Soʻroq olmoshlari+dirkimdir, nimadir, qandaydir, qanaqadir, 
qaysidir, qachondir, qayerdir. 
2. Alla+ soʻroq olmoshlari: allakim, allanima, allaqayer, 
allaqancha. 
3. Bir+narsa (kishi, nima, qancha, necha soʻzlari): bir narsa, bir 
kishi, bir qancha, bir necha. 
4. Boshqa turkumdan koʻchirish yoʻli orqali: birov, biron(ta), 
biror(ta). 
Eslatma: Falon(chi), fiston(chi) soʻzlari ham gumon olmoshiga 
kiradi.  
Olmosh oʻrniga qoʻllanadigan soʻzlar 
 
Eski oʻzbek tilida kamtarlik ifodasi sifatida men oʻrnida
koʻpincha kamina, kaminai kamtariningiz, faqir, qulingiz, bandayi 
ojizingiz  kabi soʻz va birikmalar qoʻllanilgan. M.: 1.Sizni hamisha 
duo qilib qoluvchi, bandai ojizingiz.(P.Qodirov). 2. Faqir(men
sizning xizmatingizga bel bog’lagan. (bel bog’lagan/man). 

ESLATMA
: Men olmoshi oʻrnida yuqoridagi soʻzlar qoʻllanilganda, 
kesim mazmunan I shaxsni bildirsa ham, lekin III shaxs shaklida 
boʻlishi mumkin. M.: Bobur nomidagi xalqaro ilmiy ekspeditsiya 
tarkibida kamina bor edi. (bor edim
Hozirgi oʻzbek tilida ham xuddi shu ma’noda ba’zan men 
oʻrnida kamina soʻzi ishlatiladi. M.: Kechirasiz, rais, kamina bugun 
emas, oʻg’lingizni shogirdlikka olgandayoq aytganman.(O. Yoqubov)   
ILOVA. 1. Ba’zan II shaxs birlik sen olmoshi oʻrnida hurmat 
ma’nosini ifodalab kelgan siz olmoshi oʻrnida janoblari soʻzi 
ishlatiladi. M.: Janoblarini qoshimga chaqirishdan maqsad, - dedi 
Husayn Boyqaro sovuq va rasmiy tus bilan – xotirimga kelgan bir 
mulohazani bildirmoq edi. Janoblarini yangi bir vazifaga tayinlamoq 
fikriga keldim. 
2. Gapda odam, kishi  soʻzlar ham umum shax ma’nosida keladi. 
M.: Odamning ketgisi kelmaydi. 
 


123 
FE’L SOʻZ TURKUMI 
 
 
Nima boʻlmoq? nima qilmoq? soʻroqlariga javob boʻlib, 
shaxs yoki narsalarning harakat holatini atab kelgan soʻz 
turkumiga fe’l deyiladi. M.: yugurmoq, yozmoq, chizmoq, 
uyalmoq, uxlamoq
. 
 
Soʻroqlari 
 
Ta’rifda qayd qilinganidek, fe’lning oʻziga xos soʻroqlari  nima 
qilmoq? nima boʻlmoq? qoʻshma fe’llaridir. Bu soʻroqlar fe’lning 
grammatik koʻrsatkichlarini qabul qilib, oʻnlab variantlarda kela 
oladi. M.: nima qildi? nima qilibman? nima qilgansan? nima 
qilmoqchi? 
Ta’kidlash lozimki, fe’l qaysi soʻz turkumiga xoslangan boʻlsa,
shu soʻz turkumiga xos soʻroqlarni qabul qiladi. M.: Harakat nomi 
otning nima? soʻrog’ini qabul qilishi mumkin: Oʻqish – oʻzlikni 
anglashdir. Sifatdosh otga bog’lansa, sifatning qanday? qanaqa? 
soʻrog’ini qabul qiladi: qaynatilgan tuxum, oqar suv. Ravishdosh gap 
tarkibidagi oʻrni va ma’nosiga koʻra ravishning soʻroqlarini qabul 
qilishi mumkin: kelgach boraman(qachon?); Tushunib, anglab 
yozing(qanday? qay tarzada?). 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling