Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

SOʻZBOSHI 
 
Ona tili fanidan tayyorlangan ushbu o‘quv qoʻllanma oliy oʻquv 
yurtlarining Boshlang‘ich hamda maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 
bakalavryati bosqichining kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta’lim 
oladigan talabalari, ularga saboq berayotgan mudarrislariga fan 
doirasidagi eng so‘nggi fikrlar inobatga olingan holda yaratildi. 
Oʻqituvchi va oʻquvchilarimiz qoʻlida boʻlgan darsliklar, albatta, 
yuqori saviyasi bilan ajralib turadi.
Mazkur o‘quv qoʻllanmamizda tilshunoslikdagi alohida mavqega 
ega boʻlgan grammatikaning morfologiya boʻlimini yoritishga 
harakat qildik. 
Morfologiyaning mohiyatini tushunish uchun lugʻaviy ma’no, 
grammatik ma’no, uslubiy ma’no; grammatik shakl, grammatik 
kategoriyalar; soʻz yasalishi hamda soʻzlarning tuzilishiga koʻra 
turlarini; mustaqil, yordamchi va alohida soʻz turkumlarining 
farqlarqlarini bilish talab etiladiki, mazkur ishimizda qayd qilib 
oʻtilgan nazariy hodisalar yengil uslubda ochib berishga harakat 
qilindi. Qolaversa, har bir soʻz turkumining morfologik va sintaktik 
xususiyatlari batafsil keltirildi. 
Shuni alohida ta’kidlashimiz lozimki, o‘quv qoʻllanma 
oʻquvchilarning auditoriyasini inobatga olgan holda qoidalar bevosita 
yengil til va uslubda amaldagi darsliklarga tayanilgan holda berildi. 
Soʻz turkumlarining fonetik, konversiya usullari bilan yasalishi, juft, 
takroriy va qoʻshma soʻzlar oʻquv-metodik qoʻllanmalardan ijodiy 
tayanilib berildi. Qoʻllanmaning tiliga alohida e’tibor berdik, ya’ni oʻz 
ona tilisiga befarq boʻlmagan har qanday oʻquvchining mustaqil oʻqib 
tushunishinishiga harakat qildik. 
Albatta, ishda bir qator kamchiliklar boʻlishi tabiiy. 
Hamkasblarimizdan fikrlarini kutib qolamiz. 
 



GRAMMATIKA 
 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling