Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

 
So‘z turkumlari guruhi va ularning bir-biridan farqi
 
Mustaqil so‘z 
turkumlari 
 
Yordamchi so‘z 
turkumlari 
 
Alohida so‘z 
turkumlari yoki 
oraliqdagi so‘zlar 
1.Ot so‘z turkumi. 
2.Sifat so‘z turkumi. 
3.Son so‘z turkumi. 
4.Fe’l so‘z turkumi. 
5. Ravish so‘z
turkumi. 
6.Olmosh so‘z 
turkumi. 
1. Bog‘lovchi so‘z 
turkumi.
2. Ko‘makchi so‘z 
turkumi. 
3. Yuklama so‘z 
turkumi.
 
1.Taqlid so‘z turkumi 
2.Undov so‘z turkumi 
3.Modal so‘z turkumi 
 
I
Mustaqil 
so‘z 
turkumlariga mansub 
so‘zlar 
leksik 
ma’noga 
ega 
(olmoshlar 
bundan 
mustasno). M.: Bugun 
bitta 
yangi 
kitob 
oldim. 
I
Mutlaqo 
leksik 
ma’no ifodalamaydi. 
M.: va, ammo, yoki, 
chunki; bilan, uchun, 
kabi; axir, faqat.
I. Ular o‘ziga xos 
tushunchalarni 
ifodalab 
keladi: 
assalom-u 
aleykum, 
hormang, pish-pish 
(undov); 
taq-tuq, 
baka-bum 
(taqlid); 
albatta, 
ehtimol,
(modal) 
II. Ma’lum bir UGM 
atrofida 
birlasha 
oladi. 
(olmoshlar 
bundan mustasno).
 
II. Lug‘aviy ma’no 
ifodalamagani singari 
UGM ga ham ega 
emas, 
balki 
XGM 
ifodalaydi. 
II. Qandaydir UGM 
atrofida 
birlasha 
olmaydi. 
 
III. Yasalish xususi-
yatiga ega. 
 
III. Yasalish xususi-
yatiga ega emas. 
III. Yasalish xususi-
yatiga ega emas. 



IV
Mustaqil so‘z 
turkumlarining 
har 
birining o‘z so‘rog‘i 
bor. (olmosh bundan 
mustasno); 
Otning so‘rog‘i: kim? 
nima? qayer? Sifat
qanday? qanaqa? 
qaysi? Fe’lnima 
qilmoq? nima 
bo‘lmoq? Son
qancha? necha? 
nechanchi? Ravish
qachon? qayerga..? 
IV. O‘z so‘rog‘iga 
ega emas. 
 
V. Alohida so‘z 
turkumlari o‘z 
so‘rog‘iga ega emas, 
lekin gap tarkibida
muayyan so‘roqqa 
javob bo‘ladi: 
Momaqaldiroqning 
gumbur-gumburi 
eshitildi (nimasi?).  
Shivir-shivir ovoz 
(qanday?).  
 
V. Shakl yasovchi 
qo‘shimchalarga ega. 
 
 V. Shakl yasovchi 
qo‘shimchalarga ega 
emas.
 
 V. Shakl yasovchi 
qo‘shimchalarga ega 
emas, biroq otga xos 
ko‘plik, egalik va 
kelishik qo‘shimcha-
larini qabul qiladi.  
VI. 
Mustaqil so‘z 
turkumlari 
GK 
ga 
ega. 
VI. GK ga ega emas. 
 
VI. GK ga ega emas, 
lekin otlashib otga 
xos 
kategorial 
qo‘shimchalarni qabul 
qiladi. 
VII. Egalik, kelishik 
qo‘shimchalarini 
qabul qilib, turlanish 
xususiyatiga ega. 
 
VII
Turlanish 
xususiyatiga 
ega 
emas. 
 
VII
Alohida so‘z 
turkumlari otlashadi. 
Demak, 
egalik, 
kelishik qo‘shimcha-
larini 
qabul 
qilib 
turlanadi. 
VIII. Mustaqil so‘z 
turkumlarining 
har 
birini 
xoslangan 
sintaktik vazifasi bor. 
Shuningdek, 
gapda 
o‘ziga 
xos 
gap 
VIII. Yordamchi so‘z 
turkumlari 
mustaqil 
holda gap bo‘lagi 
vazifasida kelmaydi; 
 
Unutmang
Yordamchi 
so‘z 
VIII. Alohida so‘z 
turkumi 
gapda
ma’lum bir sintaktik 
vazifada kela oladi. 
M.: 
Undov 
so‘z 
turkumi 
kiritma 
– 



bo‘laklari vazifasida 
keladi. M.: Bugun 
o‘quvchilar ikkitadan 
yangi 
variant 
yechishadi.
Eslatma
Olmosh 
so‘z 
turkumining 
maxsus 
sintaktik 
vazifasi yo‘q. 
turkumlaridan 
ko‘makchilar gapda 
o‘zidan oldingi so‘zga 
bog‘lanib, 
quyidagi 
gap bo‘laklarini hosil 
qiladi: 
1.Vositali 
to‘ldiruvchi: Do‘st 
bilan obod uying. 
2. 
Sifatlovchi-
aniqlovchi: 
Muxlis 
singari 
o‘quvchilarimiz 
ko‘paysa. 
3. Hol: Bola sutini 
ishtaha bilan ichyapti. 
Poytaxtga 
Samarqand orqali 
boriladi. 
kirish so‘z vazifasida 
keladi: Oh, qanday 
go‘zal 
bu 
odam. 
Modal so‘z: Men, 
albatta
shu 
yili 
o‘qishga kiraman.
Shuni 
ta’kidlash 
lozimki, alohida so‘z 
turkumlari 
otlashib 
otga 
xos 
sintaktik 
vazifalarda kela oladi. 
Garammatik ma’no, grammatik shakl, grammatik kategoriya 
So‘z turkumlarining mohiyatini yanada yaxshiroq anglash 
uchun, avvalo, garammatik ma’no, grammatik shakl hamda 
grammatik kategoriyalarni bilish lozim. 
 
Grammatik ma’no 
➢ 
So‘zlarning u yoki bu turkumga mansubligini ifodalovchi ma’no 
hamda so‘zning lug‘aviy ma’nosiga qo‘shilgan qo‘shimcha ma’no 
grammatik ma’no deb yuritiladi. 
O‘zbek tilida asosan ikki xil grammatik ma’no farqlanadi: 
 
1.Umumiy grammatik ma’no (UGM). 
2.Xususiy grammatik ma’no (XGM). 


10 
Umumiy grammatik ma’no. Ma’lum bir so‘z turkumi uchun 
umumiy bo‘lgan ma’no ( yoki so‘zlarni birlashtiruvchi ma’no)ga  
umum
iy grammatik ma’no deyiladi
➢ ESLATMA. Ma’lumki, so‘zlarning uch xil ma’nosi farqlanadi: 
1. Atash (lug‘aviy) ma’nosi.
2. Umumiy grammatik ma’nosi. 
3. Uslubiy ma’no. 
 
So‘zlarning borliqdagi ma’lum narsa, belgi-xususiyat, harakat-
holatlarni bildirishi ularning atash ma’nosi hisoblanadi.M.: 
abituriyent, kitob, ilm, o‘rik, tog‘, suv, mehr. Mazkur so‘zlarning har 
biri o‘ziga xos tushunchani ifodalab turibdi, lekin, ayni paytda bu 
so‘zlarni birlashtirib turuvchi bitta umumiy grammatik ma’no 
(UGM) borki, predmet deb ataladi, Shuning uchun bu so‘zlar ot so‘z 
turkumiga kiritiladi. 
Ta’kidlash lozimki, lug‘aviy ma’no ifodalaydigan so‘zlargina 
ma’lum bir UGM atrofida birlashadi. O‘zbek tilida leksik ma’no 
ifodalovchi so‘zlar 5 ta UGM atrofida birlashadi: 
1. Predmet UGMsiga birlashuvchi so‘zlar (farzand, baxt, uy, 
Vatan, mehr ) – ot so‘z turkumiga mansub.  
2. Belgi UGMsiga birlashuvchi so‘zlar ( katta, keng, qizil, oq, iliq, 
achchiq, go‘zal) – sifat so‘z turkumiga mansub.  
3. Predmetning miqdor va tartibga ko‘ra belgisi UGMsiga 
birlashuvchi so‘zlar (birinchi, ikkov, o‘nlab, beshta…) – son so‘z 
turkumiga mansub. 
4. Harakat-holat UGMsiga birlashuvchi so‘zlar (yugurmoq, 
arralamoq, o‘ylamoq, ulg‘aymoq, gullamoq, qizimoq) – fe’l so‘z 
turkumiga mansub.  
5. Harakat-holat belgisi UGM siga birlashuvchi so‘zlar ( tez, 
sekin, erta, atay, jo‘rtaga) – ravish so‘z turkumiga mansub. 
Xususiy grammatik ma’no. So‘zning lug‘aviy ma’nosiga 
qo‘shilgan qo‘shimcha ma’no xususiy grammatik ma’no (XGM) 
deb yuritiladi. 
M: olma so‘zining lug‘aviy ma’nosi “olma mevasi”, “olma 
daraxtidir”. Olma+larushbu so‘z ma’nosiga ko‘plik ma’nosi 
qo‘shildiki, bu ma’no XGM dir. QiyoslangOna – ona+jon (erkalash 
ma’nosi), uy – uy+gacha (chegaralash). 
Izoh: So‘z tarkibida nechta grammatik shakl bo‘lsa, har biri 
o‘ziga xos XGM ifodalaydi. M.: bola+lar+im+ga, yoz+yap+man. 


11 
UNUTMANG. So‘z yasovchi qo‘shimchalar XGM 
ifodalamaydi, balki ular yangi lug‘aviy ma’noli so‘zlar yasaydi. 
M.: gul+don, til+shunos, ulug‘+vor. Qolaversa, so‘zlarning 
turkumini o‘zgartiradi. M.: gul – predmet, gul+la – harakat-holat, 
gul+dor – belgi shuning uchun ular UGMga tegishli.  
Xususiy grammatik ma’noni ifodalovchi vositalar. Quyidagi 
vositalar XGM ifodalab keladi: 
1.Barcha shakl yasovchi qo‘shimchalar XGM ifodalaydi. 
2.Yordamchi ( bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklama so‘z 
turkumlari) so‘z turkumlarining barchasi XGM ifodalaydi.  
 
3. Ohang ham o‘ziga xos XGM ifodalaydi. M.: Humoyun keldi. 
Ushbi gap ifoda maqsadiga ko‘ra darak, emotsionalligiga ko‘ra his-
hayajonsiz gap. Humoyun keldi?! – so‘roq, his-hayajonli gap. 
 
4. Juft hamda takroriy so‘zlar ham o‘ziga xos jamlash
umumlashtirish, ko‘plik, davomiylik kabi XGM larni ifodalaydi: 
qozon-tovoq (oshxonadagi barcha buyumlar), kitob-daftar (barcha 
o‘quv qurollari) (umumlashtirish, ko‘plik); qator-qator, dasta-dasta 
(ko‘plik), kecha-kunduz (davomiylik). 
5. So‘z tartibi. M.: Uyga kir. / Kir uyga! 
 
Grammatik shakl 
 
 
➢ 
Xususiy 
grammatik 
ma’noning 
yozuvdagi 
ifodasiga 
grammatik shakl deb yuritiladi.
Masalan, ona+jon so‘zning lug‘aviy ma’nosiga erkalash 
ma’nosining qo‘shilishi XGMdir. Shu ma’noning yozuvda -jon  
qo‘shimchasi orqali ifodalanishi – grammatik shakl sanaladi
Grammatik shaklning uch ko‘rinishi farqlanadi: 
1. Sintetik shakl. 
2. Analitik shakl.
3. Juft-takroriy shakl. 
Sintetik shakl – XGMning shakl yasovchi qo‘shimchalar bilan 
ifodalanishidir
Sintetik 
shakl 
ifodalaydigan 
XGMlarning 
xususiyatiga ko‘ra ichki ikki turga bo‘linadi: 
A. Kategorial shakl. Bir-biriga qiyosan olinadigan XGM larning 
nutqda va yozuvda ma’lum bir tizim, sistemaga uyushib kelishi – 


12 
kategorial shakl sanaladi. M.: kitob+im(-ing, -i), kitob+imiz(+ingiz, -
lari); yozyap+man (san, +ti), yozyap+miz (+siz, +tilar). 
B. Nokategorial shakl. Bir-biriga qiyosan olinmaydigan 
XGMlar va ularning nutqdagi ifodasi nokategorial shakl hisoblanadi. 
M.: kelin+chak, bo‘ta+loq, Kamola+oy; o‘qi+b, o‘qi+r,sava+la. 
Nokategorial 
shakllarga 
otning 
kichraytirish, 
erkalash, 
o‘xshatish, chegara, hurmat, qarashlilik, o‘rin-joy shakllari; fe’l so‘z 
turkumining harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh hamda harakatning 
takroriyligini, kuchsizligini ifodalovchi sintetik shakllar kiradi. 
(Grammatik kategoriya mavzusiga qaralsin!) 
Analitik shakl – grammatik shaklning bu ko‘rinishi yordamchi 
so‘zlar vositasida namoyon bo‘ladi.
XGMning yozuvda yordamchi so‘zlar vositasida ifodalanishiga 
analitik shakl deyiladi.
O‘zbek tilida 2 xil analitik shakl farqlanadi:
1. Fe’l so‘z turkumida analitik shakl. Bunda ko‘makchi va to‘liqsiz 
fe’llar yetakchi fe’lga bog‘lanib, uning ma’nosiga o‘ziga xos modal 
ma’nolar qo‘shadi. M.: ishlab yurmoq, aytib turmoq (davomiylik); 
o‘qigan edi (o‘tgan zamonda aniq bajarilgan), o‘qigan emish (gumon 
munosabati), o‘qigan emas ( imkor ma’noda).
2. Ot – ismlarda analitik shakl. Bilamizki, ko‘makchilar bosh, 
qaratqich, jo‘nalish, chiqish kelishigi shaklidagi ot hamda ot 
vazifasidagi so‘zlarga bog‘lanib o‘ziga xos XGM larni ifodalaydi. M.: 
O‘rtog‘im bilan keldim (birgalik ma’nosi). Telefon orqali gaplashdik 
(vosita). Anvar kabi o‘qing (qiyoslash)! 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling