Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

-gʻoq: fe’ldan – toʻlgʻoq; 
shunos: otdan – tilshunos, tabiatshunos, uslubshunos; 
ch//-inch: fe’ldan – sevinch, quvonch, yupanch, qo‘rqinch; 
cha: fe’ldan – tushuncha; 
sifatdan – qizilcha, olacha; 
otdan – qalamcha; 
-chak//-choq: fe’ldan – belanchak, emchak, burchak, ovunchoq,
taqinchoq;
otdan – o‘yinchoq; 
chi: otdan – ishchi, temirchi, gulchi, bosqinchi; 
sifatdan – qiziqchi; 
fe’ldan – suyunchi, tilanchi, tomchi; 
undov so‘zdan – haybarakallachi; 


45 
chilik: otdan – hunarmandchilik, o‘zbekchilik, dehqonchilik
sifatdan – pishiqchilik, arzonchilik;
ravishdan – ko‘pchilik, ozchilik; 
chiq: fe’ldan – suyanchiq, yopinchiq
Otning tuzilishiga koʻra turlari 
 
Otlar ham tuzilishiga sodda, juft, takroriy va qo‘shma bo‘ladi. 
Sodda otlar. Sodda otlar tub sodda (quyosh, gul, tosh, Buxoro) 
va yasama sodda (tinchlik, gulzor, toshloq, namgarchilik) kabi 
turlarga bo‘linadi. 
Juft otlar. Juft otlar ham qismlarining yakka holda ishlatilishi 
yoki ishlatilmasligiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: 
1. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladi. 
2. Faqat bitta qismi yakka holda ishlatiladi. 
3. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydi. 
Juft otni bu uch guruhdan biriga kiritish ba’zan bir oz nisbiy bo‘lishi 
mumkin. Chunki til ham, birinchidan, doimiy tarzda o‘sib-o‘zgarib 
boradi, ikkinchidan, uning turli qismlari, qatlamlari bir-biridan farq 
qilishi mumkin. Masalan, tavba-tazarru, etim-esir kabi juft 
so‘zlarning 
ikkinchisi 
ko‘pchilik 
tomonidan 
yakka 
holda 
ishlatilmaydi, lekin ular adabiy tilda yakka qullanib qolishi mumkin
"esir" so‘zi esa qipchoq lahjasida ko‘p ishlatiladi. 
I. Har ikki qismi yakka holda ishlatiladigan juft otlar tarkibidagi 
so‘zlar ham ma’no munosabatiga ko‘ra asosan uch xil bo‘lishi 
mumkin: 
1. O‘zaro sinonim. 
2. O‘zaro antonim. 
3. Ma’nosi yaqin. 
Tilimizda juft otlarning barcha ko‘rinishlariga ham misollar ko‘plab 
topiladi: 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling