II.Qismlaridan biri yakka holda ishlatilmaydigan juft otlar:
aldam-qaldam; bozor-o‘char, bola-baqra, bog‘-rog‘, bo‘y-bast, bosar-
tusar; dabdaba-as’asa, dov-dastgoh, dov-daraxt; ekin-tikin, enka-tinka;
fe’l-atvor; hayot-mamot; irim-chirim//irim-sirim, idish-oyoq; kiyim-
kechak, ko‘ch-ko‘ron, kam-ko‘st, ko‘cha-kuy, latta-putta, maza-matra,
mehmon-izlom, murosa-madora, meva-cheva, narx-navo; pardoz-
andoz; qo‘ni-qo‘shni, qirg‘in-barot, quda-anda, qand-qurs, qiyomat-
qoyim; rizq-ro‘z; temir-tersak, to‘s-to‘polon; vaj-korson; xotin-xalaj;
yasan-tusan, yog‘in-sochin, yig‘i-sig‘i; g‘ala-g‘ovur; shox-shabba.
III. Har ikki qismi yakka holda ishlatilmaydigan juft otlar: adi-
badi, ashqol-dashqol; ikir-chikir; lash-lush, lom-mim; zer-zabara;
shara-bara, shikast-rext, ya’juj-ma’juj, qalang‘i-qasang‘i, g‘idi-bidi
(zer-zabar, lom-mim, shikast-rext so‘zlarining qismlarini, keng xalq
ommasi tomonidangina yakka holda ishlatilmaydi, deb hisoblash
mumkin).
Takroriy otlar. Yor-yor, kazo-kazo, mish-mish, jag‘-jag‘ (o‘simlik
nomi), dedi-dedi, mindi-mindi, varaq-varaq, quchoq-quchoq, ich-
ich(iga kirib bormoq), ko‘tara-ko‘tar, yugur-yugur, chopa-chop.
Qo‘shma otlar. 1. Ot + ot: ajdargul, ayiqtovon, atirgul,
arpabodiyon, baqaterak, belbog‘, bilaguzuk, bo‘yinbog‘, gugurtcho‘p,
gulbarg, gulbahor, gultojixo‘roz, gulbog‘, guldasta, gulqaychi,
gulg‘uncha, gulhamishabahor, yeryong‘oq, joynamoz, jo‘raboshi,
zaharxanda, ishtonbog‘, karvonsaroy, karvonboshi, kinodramaturgiya,
kinolenta,
ko‘zmunchoq,
lolaqizg‘aldoq,
makkajo‘xori,
namozshomgul, oshqozon, otquloq, oshqovoq, piyozdog‘, sochpopuk,
toshbo‘ron, tilxat, tomorqa, toshbaqa, tog‘olcha, tuyaqush, tuyatovon,
xontaxta, xo‘rozqand, yurtboshi, qo‘ziqorin, qo‘ypechak, qo‘larra,
qo‘ltiqtayoq, temiryo‘l, shakarqamish, shamchiroq, shaftoliqoqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |