Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

2. Sifat + ot: kaltakesak, Sho‘rko‘l, ko‘ksulton, ko‘rsichqon, 
ko‘rshapalak, oqsoqol, xomtok, qoradori, boychechak. 
3. Ot + fe’l: echkiemar, ko‘zboylog‘ich, kallakesar, husnbuzar
beshiktervatar, dunyoqarash, mushtketdi, socho‘sar, o‘rinbosar. 
4. Son + ot: beshbarmoq, beshqarsak, Ettisuv, Oltiariq, uchburchak, 
mingoyoq, qirqog‘ayni. 
5. Son + fe’l: beshotar. 
6. Ot + sifat: ustabuzarmon, gulbeor, oshko‘k. 
7. Fe’l + fe’l: iskabtopar, ishlab chiqarish.
8. Fe’l + ot: savacho‘p. 


48 
Qo‘shma otlarning birikmalik xususiyatini ancha saqlagan 
Markaziy Osiyo, G‘arbiy Yevropa, O‘zbekiston Respublikasi, 
Fanlar akademiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi 
ko‘rinishlari ham mavjud. Ularning bir qismi qisqargan holda ham 
ishlatiladi [5.39]. 
Otning grammatik kategoriyalari 
 
Ma’lumki, ot so‘z turkumida uchta grammatik kategoriya bor. 
Ular: 
1. Egalik kategoriyasi. 
2. Kelishik kategoriyasi. 
3. Son kategoriyasi. 
• 
Bilib oling! 1. Otlar lug‘atda bosh kelishik, birlik shaklda
bo‘ladi, chunki bu shakllarning qo‘shimchasi yo‘q, ya’ni “nol” 
ko‘rsatkichlidir.
• 
Otlar gap tarkibida doim kelishik (bosh kelishik) hamda son 
kategoriyasi ( birlik shakl) shaklida  bo‘ladi. 
Izoh! Egalik kategoriyasining har uchala shaxsi maxsus 
qo‘shimchalar bilan ifodalanadi, shuning uchun gap tarkibida otlar 
talabga ko‘ra egalik shaklini qabul qiladi. 
 Unutmang! Otning kategoriyalaridan faqat kelishik kategoriyasi 
sintaktik vazifa bajaradi, ya’ni har bir kelishik shakli ma’lum bir gap 
bo‘lagini yuzaga keltiradi. M.: Saodat (Kim? ega) Toshkentdan 
(qayerdan? oʻrin holi) o‘rtog‘iga (kimga? vositali toʻldiruvchi) kitob 
(nimani? vositasiz toʻldiruvchi) oldi . (Kelishiklarga qaralsin) 
• Ta’kidlash lozimki, otning grammatik kategoriyalaridan faqat 
kelishik va egalik qo‘shimchalari gap tarkibidagi so‘zlarning 
grammatik aloqasini ta’minlaydi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling