50
B. Quyidagi so‘z turkumlari otlashgandagina -lar ko‘plik
qo‘shimchasini qabul qiladi.
1. Otlashgan sifat:
Aziz+lar, yaxshi+lar+ni asrang.
2. Fe’lning otlashgan sifatdosh shakli:
Ko‘rgan+lar+ingni,
bilgan+lar+ingni ayt, do‘stim.
3. Otlashgan ravish:
Ko‘p+lar mustaqillik uchun shirin
jonlaridan kechishgan.
4. Otlashgan undov va taqlidiy so‘zlar:
Oh-voh+lar+ingni kim
qulog‘iga iladi. Shivir-shivir+lar+ing ham bor bo‘lsin.
Yodda tuting! 1. Ko‘plik qo‘shimchasi
gap tarkibidagi
so‘zlarning Grammatik bog‘lanishi
uchun xizmat qilmaydi,
shuning
uchun vazifasiga ko‘ra shakl yasovchi – lug‘aviy shakl yasovchidir.
2. Sintaktik vazifa bajarmaydi. Qiyoslang:
Bola keldi./ Bola+lar
keldi.
3. Biz ko‘plik qo‘shimchasi bilan ayrim murakkab qo‘shimchalar
tarkibidagi -lar ko‘rsatkichini farqlashimiz lozim.
a) fe’l shaxs-son kategoriyasining
I guruh tuslovchisining III
shaxs ko‘plik shakli – -
dilar/-tilar/-lar (borib+dilar, yozyap+tilar,
o‘qigan+lar) qo‘shimchasidan farlash darkor.
b) buyruq-istak mayli tuslovchisining II shaxs ko‘plik
qo‘shimchasining vaiantlaridan farqlash kerak. M.:
yoz+inglar(-
Do'stlaringiz bilan baham: