72
O‘rin-payt kelishigi
Ot va ot vazifasidagi so‘zlarni(ismlarni) o‘timli hamda oʻtimsiz
fe’llarga bog‘lab, ish-harakatning bajarilish o‘rnini (sinfda
o‘tirmoq),
paytini (bahorda
kelaman),
holatini (shoshgan
holda
yozyapman),
maqsadini (o‘qishga kirish niyatida yuribman),
shuningdek, sababini ifodalab keladi.
Qo‘shimchasi -da: shahar/
da yashamoq, universitet/
da o‘qimoq.
E
SLATMA!
Unumsiz {sinonim} varianti:
-i: 1992-yili tug‘ilganman.
O‘rin-payt kelishigi odatda ish-harakatning bajarilish o‘rnini hamda
paytini ifodalagani uchun shunday nomlanadi. M.:
Toshkentda
uchrashmoq, bahorda kelmoq, tunda uxlamoq...
I
ZOH!
O‘rin-payt kelishigi bir paytning o‘zida ham o‘rin, ham
paytni ifodalashi mumkin. M.: Biz siz bilan to‘y/da ko‘rishgan edik.
Do'stlaringiz bilan baham: