Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


umuman, ma’no talabiga ko‘ra belgili qo‘llaniladi


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

umuman, ma’no talabiga ko‘ra belgili qo‘llaniladi. M.:Dangasalik 
va yalqovlik barcha orzular/ni yo‘q qiladi. 
 
Jo‘nalish kelishigi 
 
 
Jo‘nalish kelishigidagi so‘zlar harakatning yo‘nalishini (uyga 
ketmoq), harakatning o‘rnini (bekatga kutmoq), paytini (dushanbaga 
qaytadi), sababini (tayyorlanmaganiga afsuslandi) ifodalab keladi. 
Qoshimchasi. Asosiy qo‘shimchasi –ga: ona/ga, farzand/ga, ish/ga. 
 Fonetik variantlari. –ka. Bu shakli jarangsizkundoshi bilan 
tugagan 
so‘zlarga 
qo‘shiladi. 
M.: 
yurak+ga=yurak/ka
eshik+ga=eshik/ka.
-qa: mazkur shakli jarangsiz “q” tovushi bilan tugagan so‘zlarga 
qo‘shiladi. M.: qishloq+ga=qishloq/qa, quloq+ga=quloq/qa. 
-a: xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyotdagi shakli. M.:
Ovoza qilib har yon/a
Chaqirdingmi bu yon/a. (Xalq qo‘shig‘i) 
Ashkim/a gar kanora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay, 
Ohim/a ham shumora yo‘q, bo‘lmasa bo‘lmasun, netay.
(Ogahiy) 
-na: Go‘zal yorim Gulsanamning to‘yi/na borsam, o‘ldirarlar, 
bormasam o‘lam.
Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasi k, q tovushlari bilan tugagan 
so‘zlarga qo‘shilganda, -ka, -qa holida talaffuz qilinadi va shunday 
yoziladi. 
 
G‘ tovushi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda -qa holida 
talaffuz qilinsa ham, -ga tarzida yoziladi: bog‘ + ga 
=bog‘ga(boqqa)   


71 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling