Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Qaralmish qaratuvchiga umuman tobe bo‘lsa, belgisiz


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

 
6. Qaralmish qaratuvchiga umuman tobe bo‘lsa, belgisiz 
ishlatiladi. M.: paxta chanog‘i, gul ifori. 
 


68 
Tushum kelishigi 
 
 
Tushum kelishigidagi so‘z harakatni o‘zida qabul qilgan 
predmet, narsa, voqea-hodisalarni ifodalaydi. M.: kitobni o‘qimoq, 
olmani yemoq, qalamni bermoq, suvni ichmoq,. 
Yodda 
tuting! 
Tushum 
kelishigidagi 
so‘zlar 
doim
o‘timli(obyektli) fe’llarga bog‘lanadi. 
Tushum kelishigidagi fe’lni boshqaradigan fe’l o‘timli fe’ldir. 
Qo‘shimchalari
Asosiy qo‘shimchasi -ni:  Vatan/ni sevmoq, ota-ona/ni qadrlamoq. 
She’riyatdagi shakli -n:  
Shifoyi vasl qadri/n, hajr ila bemor o‘landan so‘r, 
Zuloli zavq-shavqi/n tashnai diydor o‘landan so‘r. 
(Fuzuliy) 
Yodda tuting. Qaratqich hamda tushum kelishigining she’riy - n 
shkllari o‘zaro shakldoshdir. M.: Yer kurra/si/n bosh/i/n tang‘idik. 
 Izoh: Mazkur shakllar III shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin 
keladi. 
Mumtoz adabiyotdagi shakli -i: Adl qulog‘i-la eshit holim/i, 
Zulm qilur, baski, menga zolimi. 
Jonli til va shevalardagi shakli –di/ -ti: pichoqdi ber, suvdi sepdi. 
Sintaktik vazifasi.  Tushum kelishigi shalkidagi so‘z gapda  kimni? 
nimani? qayerni? so‘roqlariga javob bo‘lib, faqat vositasiz 
to‘ldiruvchi  vazifasida keladi. M.:
Har bir inson fikrlash/ni, xulosa chiqarish/ni bilishi kerak. 
Do‘stlarim bilan Toshkent/ni mazza qilib aylandik. 
Izoh! Unutmaslik lozimki, kengaygan birikmalar tarkibida tushum 
kelishigidagi so‘z vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelavermasligi 
mumkin. M.: 1. Vatan/ni sevmoq – iymondandir. 2. Ota-ona 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling