Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Sintaktik vazifasi. Gapda 
qaratqich kelishigidagi so‘z  
kimning? nimaning? qayerning? so‘rog‘iga javob bo‘lib, 
qaratqichli-aniqlovchi vazifasida keladi. M.: Har bir insonning 
hayotda do‘sti ham, dushmani ham bo‘ladi. Saida Kozimbekdan 
otasining sog‘lig‘ini so‘radi. 
So‘z birikmasidagi o‘rni. Qaratqich kelishigi doim moslashuvli 
so‘z birikmasining tobe so‘z tarkibida keladi. M.: Ahmadning kitobi, 
eshikning dastasi, biz/ning maktab, maktabimiz bog‘i. 
Qaratqich kelishigining qo‘llanilishi 
Qaratqich kelishigi gap tarkibida ikki xil shaklda – belgili hamda 
belgisiz  ishlatiladi. 


66 
Belgili qaratqich kelishigi. Qaratqich kelishigi qo‘shimchasining 
yozuvda shaklan ifodalanishi belgili deb yuritiladi. 
 
 
Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda, ko‘p hollarda 
qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin, lekin qaratqich va 
qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llanilsa, qaratqich qo‘shimchasi 
tiklanadi. Masalan: Maktabimiz bog‘i – maktabimizning chiroyli 
bog‘i. 
Shuningdek, qaratqich kelishigi atoqli otlar, olmoshlar va 
sifatdoshlarga  qo‘shilganda tushib qolmaydi. 
 
 
Quyidagi hollarda qaratqich kelishigi belgili qo‘llaniladi: 
 
1. Atoqli otlarga belgili qo‘shiladi. M.: Boburning ilmiy-adabiy 
me’rosi hozir ham o‘rganiladi.
 
2. Shaxs otlariga belgili qo‘shiladi. M.: Mehmonning istagi 
sharqda qadrlanadi. Bolaning yig‘isi eshitildi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling