Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
SLATMA ! Bunda egalik qo‘shimchasi otlashgan so‘zlarga qo‘shilgan bo‘ladi. • Y
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unuta ko‘rmang
- IZОH: Ayrim q , k
SLATMA
! Bunda egalik qo‘shimchasi otlashgan so‘zlarga qo‘shilgan bo‘ladi. • Y ODDA TUTING ! Turg‘un otli birikmalarda, ya’ni davlat, viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlarida III shaxs egalik qo‘shimchasi qaratqich kelishigidagi so‘zga emas, bosh kelishigidagi so‘zga bog‘langan bo‘ladi, lekin bunda qarashlilik ma’nosi emas, xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. M.: Boburning bog‘i emas; “Bobur” bog‘i ; Orolning dengizi emas; Orol dengizi bo‘ladi. O‘zbekistonning Respublikasi emas, O‘zbekiston Respublikasi bo‘ladi. • Unuta ko‘rmang! Bunda egalik qo‘shimchasi morfemaga ajratilmaydi! Egalik qo‘shimchalarining yuzaga keltiradigan fonetik o‘zgarishlar Egаlik qo‘shimchаlаri tilimizdagi ayrim so‘zlargа qo‘shilsа, quyidаgi fоnetik o‘zgаrishlаr kuzаtilаdi: 1) sanoqli ikki (ochiq-yopiq) bo‘g‘inli so‘zlarda ikkinchi bo‘g‘indаgi i, u, a unlilari tushаdi. Masalan, og‘iz + i = оg‘zi, o‘g‘il + im = o‘g‘lim burun + im = burnim, shahar+im=shahrim. 58 2) O‘zаk охiridаgi jаrаngsiz q, k undоshlari g‘, g jаrаngli undоshigа o‘zgaradi. Masalan, qishlоq + im = qishlоg‘im, o‘rtоq + ing = o‘rtоg‘ing, istаk + im = istаgim, eshik + ing = eshiging. IZОH: Ayrim q, k tоvushlаri bilаn tugаgаn o‘zlashgan so‘zlаrda fоnetik o‘zgаrish yuz bermаsligi mumkin: ittifоqimiz, idrоki, noki, ocherki. 3) e, o, o‘ tоvushlаri bilаn tugаgаn аyrim arabiy-forsiy so‘zlаrni egalik shakllari turlaganda y tоvushi оrttirilаdi: mavqe – mavqeyim, obro‘ – оbro‘yim, pаrvо – pаrvоyim, аvzо – аvzоyim. Egalik qo‘shimchalarining belgisiz ishlatilishi I, II shaxs ko‘plikdagi egalik qo‘shimchasi belgisiz ishlatilishi mumkin. Qachonki, ular oldidan I, II shaxs ko‘plikdagi biz, siz kishilik olmoshi qaratqich kelishigi shaklida kelsa. M.: biz/ning mahalla, siz/ning oila. Egalik qo‘shimchalarining shakldoshlari Unlidan keyin qo‘shiladigan egalik qo‘shimchalarining shakldoshlari: 1. -m: ot yasovchi (to‘pla/m, ho‘pla/m), sifat yasovchi (qara/m), shaxs-son qo‘shimchasi(keldi/m). 2. -ng: buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi (ishla/ng, qara/ng, so‘ra/ng). 3. -si: olmosh va sifatdan fe’l yasovchi qo‘shimcha (men/simoq, garang/simoq). 4. -miz: I guruh shaxs-son tuslovchisining I shaxs ko‘plik qo‘shimchasi (bora/miz, o‘qiy/miz). 5. -ngiz: buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi (ishla/ngiz, qara/ngiz) Undoshdan keyin qo‘shiladigan egalik qo‘shimchalarining shakldoshlari: 1. -im: ot yasovchi qo‘shimcha (bil/im, ter/im), qaratqich kelishigining qisqargan shakli (O‘zbekiston Vatanim man/im). 2. -ing: buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi (yoz/ing, ayt/ing, bor/ing). 3. -i: sifat yasovchi (iroq/i do‘ppi, kobul/i osh), fe’l yasovchi (tinch/i, ranj/i, boy/i), tushum kelishigining sheva mumtoz adabiyotdagi shakli (holim/i so‘r), qaratqich kelishigining shevadagi shakli (bizz/i uy). 4. -imiz: shakldoshi yo‘q. 59 5. -ingiz: buyruq-istak maylining II shaxs ko‘plik qo‘shimchasi (hissangizni qo‘sh/ingiz). Egalik qo‘shimchasining so‘z birikmasidagi o‘rni Ma’lumki, egalik qo‘shimchasini olgan so‘z qaratqich kelishigidagi so‘zga bog‘lanib gapda moslashuvli so‘z birikmasini hosil qiladi. Bunda egalik qo‘shimchasining o‘rni quyidagicha bo‘ladi: 1. Egalik qo‘shimchasi odatda hokim so‘z tarkibida bo‘ladi: nay/ning navo/si, Anvar/ning do‘st/i, men/ing tilag/im, Kumush/ning muhabbat/i. 2. Egalik qo‘shimchasi ham hokim, ham tobe so‘z tarkibida bo‘ladi: Amma/m/ning o‘g‘l/i, qo‘shni/miz/ning hovli/si, ota- ona/m/ning orzu/si. 3. Egalik qo‘shimchasi hokim so‘z tarkibida belgisiz kelishi, ya’ni shaklan ifodalanmasligi mumkin, ergash gap tarkibida esa ifodalanishi mumkin. M.: o‘z/imiz/ning mahsulot. 4. Ham hokim, ham tobe so‘z tarkibida ifodalanmasligi – belgisiz kelishi mumkin. M.: bizning mahalla, sizning qo‘shiq. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling