Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kelishik kategoriyasi Ismlarni (ot, sifat, son, olmosh) boshqa so ‘zlarga tobelantirib bog
- Kelishik nomi Qo‘shimchasi So‘rog‘i Bosh kelishik - kim nima qayer Qaratqich kelishigi -ning
BILIB OLING! III shaxs egalik qo‘shimchasi ayrim so‘zlarga qo‘shilganda, o‘z grammatik ma’nosini yo‘qotib, o‘zak bilan birikib, ajralmas holga keladi va ikkita so‘z turkumiga ko‘chadi, biri ravishga, ikkinchisi modal so‘z turkumiga. Ravishga ko‘chgan so‘zlar: kechasi, kunduzi, kechqurunlari, ertalablari...M.: Kechasi ishlaydi, kunduzi uxlaydi. Tuni bilan mijja qoqmadi. Kunduz kunlari aniq ko‘rinadi. Modal so‘z turkumiga ko‘chib o‘tgan (yaxshisi, to‘g‘risi, chamasi, mazmuni, aftidan) so‘zlar tarkibida ham III shaxs egalik qo‘shimchasi shaklan uchraydi. Mazkur so‘zlarning modal so‘z yoki emasligi matnda ma’lum bo‘ladi O‘z ma’nosida Modal so‘z ma’nosida Gulning yaxshisi toza uzilgani o‘ladi. Yaxshisi, gul olganimiz ma’qul. Gapning to‘g‘risi shuki, deyarli hammangiz to‘plamni ishlamaysiz. To‘g‘risi, bugun men darsga tayyor emasman. Josusning aftidan tanib olishdi. Aftidan, yomg‘ir yog‘adi. 60 Kelishik kategoriyasi Ismlarni (ot, sifat, son, olmosh) boshqa so ‘zlarga tobelantirib bog ‘lash uchun xizmat qiluvchi qo‘shimchalar kelishik shakllari sanaladi. O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har qaysinisining o‘z nomi va shakli bor. Kelishik nomi Qo‘shimchasi So‘rog‘i Bosh kelishik - kim? nima? qayer? Qaratqich kelishigi -ning kimning? nimaning? qayerning? Tushum kelishigi -ni kimni? nimani? qayerni? Jo‘nalish kelishigi -ga kimga? nimaga? qayerga? O‘rin-payt kelishigi -da kimda? nimada? qayerda? Chiqish kelishigi -dan kimdan? nimadan? qayerdan? Kelishik shakllari doimo tobe so‘zga qo‘shiladi. O‘zbek tilida bosh kelishikning maxsus qo‘shimchasi yo‘q. U nol (“0”) ko‘rsatkichlidir. Boshqa kelishiklarining esa maxsus qo‘shimchalari bor. Kelishik qo‘shimchalari vazifasiga ko‘ra shakl yasovchi qo‘shimchalarning sintaktik shakl yasovchisidir. Kelishik qo‘shimchalari ismlarning munosabat qo‘shimchalaridir, chunki kelishik qo‘shimchalari ot va ot vazifasidagi so‘zlarning o‘zaro aloqasini, shuningdek, ularni boshqa so‘z turkumiga (fe’lga) bog‘lanib kelishini ta’minlaydi. YODDA TUTING ! Kelishik qo‘shimchalari gap tarkibida qaysi so‘z – ismga qo‘shilmasin, uni ikkinchi bir so‘zga tobe munosabat asosida bog‘laydi. M.: Rano/ning yer/ga qaragan ko‘zi sekin Anvar/ga ko‘tarilib, yana yer/ga og‘di.(A.Q.) Takidlash lozimki, har bir kelishikning o‘z vazifasi mavjud. Masalan, qaratqich kelishigi ot va otni o‘zaro bog‘laydi. M.: sinf/ning eshig/i. Tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari ot ( ot yoki ot vazifasidagi so‘z) larni odatda fe’l so‘z turkumiga bog‘laydi. M.: mavzu/ni yozmoq, kino/ga tushmoq, bekat/da tushmoq, uy/dan kelmoq. 61 • Kelishik qo‘shimchalari turlovchi qo‘shimchalardir. Demak, kelishik qo‘shimchasidagi so‘z turlangan so‘z sanaladi. • Ismlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling