56
1. –
ov shaklidagi jamlovchi sonlarni turlab keladi. M.:
Ikkov/ingiz/ni bilimlar sinoviga taklif qilamiz.
2. Fe’lning harakat nomini turlab keladi. M.:
O‘qish/laringiz
yaxshimi?
UNUTMANG
! Egalik qo‘shimchasining -m/-im I shaxs birlik
shakli mutlaqo jamlovchi sonlarga qo‘shila olmaydi.
3. Ot xarakteridagi olmoshlarni turlab keladi. M.:
O‘z/ing/ga ishon,
do‘stim.
•
UNUTMANG
!
Kishilik
olmoshlari
mutlaqo
egalik
qo‘shimchalarini qabul qilmaydi.
B. Quyidagi
so‘z turkumlari
esa otlashgandagina egalik
qo‘shimchalarini qabul qilib turlanadi.
1. Sifat. M.:
Aziz/im, bu dunyoga erta kelibmiz.
2. Son. M.:
Ikki/si/ning maqsadi bir.
3.
Olmosh
. M.:
Har bir/
ingiz o‘qishga kirishga haqlisiz.
4. Fe’lning
sifatdosh shakli.
Bozchi bilgan/i/n to‘qir, Baxshi
bilgan/i/n o‘qir. Mehnat qilib topgan/ing – Qand-u asal totgan/ing.
5.
Ravish. M.:
Ko‘p/imiz bu voqeadan hayratga tushdik.
6. Undov sozlar.
M.: Hozirdan o‘qing, keyin oh-voh/ingiz/ni hech
kim eshitmaydi.
7. Taqlidiy so‘z turkumi
. M.:
Shamolning shov-shuv/i borgan sari
kuchayib boryapti.
Do'stlaringiz bilan baham: