Oddiy daraja
Predmetning belgisini odatdagi normal, me’yorda ekanligini
bildiradigan sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi.
M.: shirin olma, katta bino, toza suv.
• Sifatning oddiy darajasi hech qanday usul bilan yasalmaydi.
• Maxsus grammatik ko‘rsatkichi – qo‘shimchasi ham yo‘q.
• Sifatning oddiy darajasi boshqa darajalar uchun asos bo‘lib
xizmat qiladi.
M.: Zamonamga sadoqatli, dili sof, toza iymonman.
Qiyosiy daraja
Belgining meyordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydigan
sifat shakliga qiyosiy daraja shakli deyiladi.
Qo‘shimchasi: -roq: mazali/roq, hashamatli/roq, kalta/roq.
Tilimiz dag‘al/roq lekin juda boy, rangli, ohori to‘kilmagan ertak,
doston va qo‘shiq ko‘p. (Mirtemir). Uning nazarida bundan
suyumli/roq, bundan ham zavqli/roq ish yo‘q edi.
Izoh. Manbasi ko‘rsatilgan fikr biroz bahsli, qiyosiy daraja
shakli nafaqat belgining kam ekanligini, balki ko‘pligini ham qiyoslab
ko‘rsatadi. M.: Anvarning bo‘yi, yoshi Ra’nodan katta/roq.
➢
BILIB OLING!
–roq qo‘shimchasi biroz, sal, nim, och so‘zlari
bilan sinonim bo‘lib keladi, shuning uchun ularni ko‘pincha
birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash mumkin. M.: qizil/roq – sal
qizil, biroz qizil, och qizil.
Ozaytirma daraja
Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakl sifatning
ozaytirma daraja shakli hisoblanadi.
Ozaytirma daraja 2 xil usul bilan yasaladi:
1. Leksik-sintaktik usul – bunda sifat oldidan belgining
me’yordan kam ekanligini ifodalovchi maxsus so‘zlar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |