ancha, picha kabi ravish, uncha, buncha, shuncha, qancha, kabi
olmosh, savat-savat, quchoq-quchoq, rasta-rasta, qop-qop kabi
otlar ham otga bog’lanib, miqdor ma’nosini bildirishi yoki unga
ishora qilishi mumkin. Lekin bu koʻplik mavhumdir.
Xuddi shunday sonlar ifodalayotgan ma’nosiga koʻra ham dastlab
ikkiga boʻlinadi:
1. Aniq ma’noli son. Agar son otga bog’lanib, konkret bir
predmetning miqdorga koʻra belgisini ifodalasa, aniq ma’noli
sanaladi. M.: uch farzand, 2 tup koʻchat, 3-qavat, ikkitadan olma.
•
Mazkur sonlar tilshunoslikka xos sonlardir, chunki predmetning
belgisini ifodalayapti.
2. Mavhum ma’noli son. Agar son hech qanday otga
bog’lanmasdan kelsa, mavhum ma’noli boʻladi. Sababi bunda
predmetning belgisini ifodalay olmaydi. M.: 2 X 2 = 4; 5 X 5 = 25;
20+25=45. Ikki oʻnbesh – bir oʻttiz .
Mazkur sonlar matematik ifoda deb ham yuritiladi.
Sonning yozuvda ifodalanishi
Hozirgi oʻzbek adabiy tilida sonlar yozuvda uch xil ifodalanadi.
1. Harf bilan: bir, oʻn, oʻn sakkiz, yigirma olti…
2. Arab raqami: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0
95
3. Rim raqami bilan:
Birliklar: I, II, III, IV, V, VI, VII, VIII, IX
Oʻnliklar: X, XX, XXX, XL – 40, L – 50, LX – 60, LXX – 70, LXXX
– 80, XC – 90;
Yuzliklarlar: 100 – C, 200 – CC, 300 – CCC, 400 – CD, 500 – D,
600 –DC, 700 –DCC, 800 – DCCC, 900 – CM;
Minglik: 1000 – M.
Morfologik belgisi
I. Sonning asosiy morfologik xususiyati otga bog’lanib,
predmetning miqdor va tartibga koʻra belgisini ifodalash bilan
izohlanadi. M.:
ikkitadan kitob, yuzlab oʻquvchi, birinchi oʻrin, toʻqson beshinchi
choy.
•
Eslatma. Son otdan tashqari quyidagi soʻz turkumlariga
bog’lanib keladi: 1. Fe’lga bog’lanib, harakat va holatning belgisini
izohlab kelishi mumkin. M.: Soat yettida kelaman. Ikki soat yurdi.
Bitta-bitta tushuntirmoq.
2.Ba’zan payt ravishlariga bog’lanib keladi. M.: 5000 yil
muqaddam, oʻn yil oldin.
3. Otlashganda sifatga bog’lanib, unning belgisini izohlab keladi .
M.: bittasi zoʻr, beshtasi qoloq.
II. Sonning yasalishi. Son soʻz turkumi soʻz yasovchi
qoʻshimchalarga ega emas. Demak, son soʻz turkumida sodda yasama
sonlar ham yoʻq.
Do'stlaringiz bilan baham: |