99
Sanoq son
•
Son-sanoqni bildiruvchi sonlar sanoq sonlar deyiladi.
•
Bosh shakl orqali ifodalangan miqdor nomlariga sanoq sonlar
deyiladi.
Xususiyatlari: 1. Maxsus qoʻshimchasi yoʻq, “0” koʻrsatkichli. M.:
bir, ikki, oʻn.
2. Sanoq sonlar sonning ma’no munosabatiga koʻra
ichki turlarini
hosil qilishda asos boʻladi. M.:
oʻnta, uchta (dona son),
toʻrtdan bir,
uchdan ikki (kasr son),
beshovlon, yettovlon (jamlovchi son)
.
3. Sanoq sonlar koʻpincha arab raqamlari bilan yoziladi:
1, 2, 3,
1974.
4. Ta’rifda
aytilganidek, predmetni sanab koʻrsatadi. M.:
bir,
ikki…test.
5.Unutmaslik lozimki, sanoq son hisob soʻzlarga ega. M.:
bir qop
un.
O‘qing qiziq. Bu olam aniq matematik muvozanat tamoyiliga
asoslangan. Bu insonning shuuriga ham son bilan bog‘liq o‘ziga xos
“magik” tasavvurlarni shakllantirgan. Masalan, ayrim sonlar sehrli
sonlar sifatida talqin qilinadi. Ular: uch, yetti, to‘qqiz, qirq.
Hisob soʻzlari yoki numerativlar
Sanoq sonlar hisob – numerativ soʻzlar
bilan birgalikda otga
bog’lanib keladi.
Sanoq
son bilan
sanaladigan
narsalarni
ifodalovchi soʻz oʻrtasida qoʻllanilib, bu narsaning oʻlchovini
bildiradigan soʻzlar hisob soʻzlar sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: