bittasini berdi.
Unutmaslik lozimki, tilimizdagi ayrim soʻzlar kasr son sifatida
e’tirof etiladi: Yarim bu soʻz ikkidan bir yoki bir taqsim ikkiga teng,
matematik ifodasi esa
2
1
shaklida yoziladi.
Chorak tojikcha (chahor+yek) soʻz boʻlib, toʻrtdan bir yoki bir
taqsim toʻrt deb oʻqiladi, matematik ifodasi esa
4
1
tarzida yoziladi.
Nim chorak bu soʻz sakkizdan bir yoki bir taqsim sakkiz deb
oʻqiladi.
Matematik ifodasi esa
8
1
shaklida ifodalnadi.
Ushbu xabarni eshitib, yarim kechasi otda yoʻlga tushibdi,
ESLATMA!
Kasr sonlar qatnashgan gapda sal kam, koʻp, moʻl
soʻzlari qatnashishi mumkin. M.: Inson oltmish yil yashasa, umrining
salkam uchdan bir qismni, ya’ni 20 yil umrini uyquda oʻtkazadi!
Jamlovchi son
Narsalarning miqdorini jamlab koʻrsatadigan sonlarga
jamlovchi sonlar deyiladi.
Qoʻshimchalari: -ov, -ala, -ovlon
• Jamlovchi son qoʻshimchalari ikkidan oʻngacha boʻlgan
sonlarga qoʻshilib, jamlik ma’nosini ifodalaydi. Aniqrog’i jamlovchi
son qoʻshimchalari 2, 3, 4, 5, 6, 7 (ba’zan 10) sanoq sonlariga
qoʻshilib keladi xolos.
ESLATMA
! -ov jamlovchi son qoʻshimchasi bir soniga qoʻshilib,
tamomila gumon olmoshiga koʻchgan – birov
Unutmang! Jamlovchi son qoʻshimchalari quyidagi sonlarga
qoʻshilsa, asos oxiridagi i tovushi tushadi:
ikki + ov =ikkov, olti + ala = oltala, yeti + ovlon = yettovlon
• Mazkur sonlar fonetik yozuv tamoyiliga koʻra yoziladi.
Uch, toʻrt, besh sonlariga jamlovchi son qoʻshimchalari qoʻshilsa,
Do'stlaringiz bilan baham: |