Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti
Download 1.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr
YODDA TUTING.
Ko‘makchilar o‘zidan oldingi so‘zdan ajratib yoziladi. Faqtgina she’riy vaznniтg ta’siri bilan paydo bo‘lgan bilan ko‘makchisining –la hamda uchun ko‘makchisining -chun qisqargan shakllari tobe so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Masalan: Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la, Bezamoq chog‘idir umr daftarin.(G‘.G‘ulom. 6+4=10). Sen-chun keldim. 185 Kabi, singari, yanglig‘ (ba’zan misoli so‘zi) ko‘makchilari o‘xshatish, qiyoslash ma’nolarini ifodalaydi: Oy kabi go‘zal. It kabi charchagan. Ummon singari cheksiz. Sayin ko‘makchisi payt, izchillik, davomiylik ma’nolarini ifodalaydi: Sovuq kun sayin kuchaydi. Sari, yoqalab ko‘makchilari yo‘nalish ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Dala sari ketdi. Daryo yoqalab yurdi. Sababli, tufayli ko‘makchilari aloqadorlik, sabab ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Chaqirilmaganligi sababli kelmadi. Orqali ko‘makchisi vosita, o‘rin ma’nosini, chog‘li, chamasi ko‘makchilari chama, taxmin, ma’nolarini, osha, bo‘ylab ko‘mak- chisi makon bo‘ylab sodir bo‘lish ma’nosini, bo‘yicha ko‘makchisi moslik ma’nosini, uzra ko‘makchisi biror sath bo‘ylab yo‘nalish ma’nosini, ichra ko‘makchisi biror predmetning ichida sodir bo‘lish ma’nosini, degan ko‘makchisi atash ma’nosini, bo‘yi ko‘makchisi davomlilik ma’nosini, haqida (to‘g‘risida) ko‘makchilari fikr qaratilgan mavzu ma’nosini, holda (yo‘sinda) ko‘makchilari holat ma’nosini ifodalaydi: Pochta orqali jo‘natdi. O‘n chog‘li odam to‘plandi. Asrlar osha etib keldi. Ariq bo‘ylab yurishdi. Urush haqida so‘zladi. 2. J o‘nalish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar. Qadar ko‘makchisi chegara ma’nosini, ko‘ra ko‘makchisi sabab, ta’kidlash, qiyoslash ma’nolarini, qarshi ko‘makchisi zidlik ma’nosini, qarab, qarata ko‘makchisi yo‘nalish, o‘lchov ma’nosini, qaraganda ko‘makchisi ta’kidlash, qiyoslash manolarini, qaramasdan, qaramay ko‘makchilari to‘siqsizlik ma’nosini, yarasha ko‘makchisi moslik ma’nosini, doir ko‘makchisi aloqadorlik ma’nosini, asosan, binoan, muvofiq ko‘makchilari tayanch ma’nosini ifodalaydi: Maktab tomon ketdi. Kechga qadar kutib o‘tirdi. Taklifga ko‘ra kelishdi. Bilimiga qarab baho qo‘yiladi. Gap-so‘zga qaramay ishlamoq.. Tomon ko‘makchisi ham jo‘nalish, ham bosh kelishikdagi so‘zlarga bog‘lanib, yo‘nalish ma’nosini iodalaydi. 3. Chiqish kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar. So‘ng, avval, keyin, burun, ilgari ko‘makchilari payt 186 ma’nosini, boshqa, tashqari, o‘zga, bo‘lak ko‘makchilari mustasnolik ma’nosini, beri, buyon ko‘makchilari payt ma’nosini, nari ko‘mak- chisi ish-harakatning chegarasi ma’nosini, boshlab, tortib ko‘makchilari boshlanish vaqt, “nuqta” ma’nolarini ifodalaydi: Uch yildan keyin paydo bo‘ldi. Sendan boshqa hech kimi yo‘q. Shu kundan boshlab ishga kirishamiz. 4. Qaratqich kelishigidagi so‘zlar bilan qo‘llanadigan ko‘makchilar. Ko‘pchilik ko‘makchi otlar shu kelishikdagi so‘zlar bilan qo‘llan adi. Masalan: ost, ust, ich, qosh, yon, tag, ora, old, orqa, o‘rta, bosh. YODDA TUTING. Mazkur ko‘makchilar boshqa ko‘makchilardan farqli egalik, kelishik (-ga, -da, -dan) qo‘shimchalarini qabul qilib keladi. Qaralsin. Tobe so‘z Belgili- belgisiz qaratqich Ko‘makchi Egalik Kelishik Hokim so‘z Bog‘ +ning ich +i ga kirdi Uy +ning old +i +da to‘xtadi O‘z - ust +ing da ishla Ko‘prik - bosh +i da kutib tur Kelishik qo‘shimchalarining ko‘makchilar bilan sinonimiyasi 1. -ni tushum kelishigi qo‘shimchasi haqida, to‘g‘risida, xususida ko‘makchilari bilan sinonim bo‘ladi. M.: o‘qigan asari/ni so‘zlab berdi – o‘qigan asari haqida so‘zlab berdi. 2. Jo‘nalish kelishigining -ga qo‘shimchasi uchun, sari, tomon, qarab, sababli, tufayli, vajdan, haqida ko‘makchilari bilan ma’nodosh bo‘ladi. M.: uy/ga ketmoq – uy sari ketmoq, yurt/ga xizmat qilmoq – yurt uchun xizmat qilmoq, mavzu/ga to‘xtalmoq – mavzu haqida to‘xtalmoq, shun/ga xafa bo‘ldi – shu sababli (tufayli, vajdan) xafa bo‘lmoq. Bolalar bog’chasi/ga hadya qildim. Bolalar bog’chasi uchun hadya qildim. 3. -da o‘rin-payt qo‘shimchasi bilan, orqali, uzra ko‘makchilari bilan sinonim bo‘ladi. M.: bo‘r/da yozmoq – bo‘r bilan yozmoq, osmon/da samolyot ko‘rindi – osmon uzra samalyon ko‘rindi. 187 4. -dan chiqish kelishigi qo‘shimchasi bilan, orqali, haqida, uchun ko‘makchilari bilan ma’nodosh bo‘ladi. M.: test/dan gapirmoq – test haqida gapirmoq, Samarqand/dan bormoq – Samarqand orqali bormoq, shu yo‘l/dan bordi – shu yo‘l bilan(orqali) bordi. Mehnatsevarligi/dan xalq orasida obro‘-e’tibor topdi. Mehnatsevarligi uchun xalq orasida obro‘-e’tibor topdi. Yodda tuting. Ba’zan kelishik hamda ko‘makchining ma’nodoshligi ma’lum darajada farqlanadi. Kelishik qo‘shimchasi aniq, ko‘makchi ifodalagan ma’no umumiy, noaniqroq bo‘ladi. Ayniqsa, yo‘nalish ma’nosini bildirishda. Solishtiring: Samarqand+ga ketdi – Samarqand tomon ketdi. • Kabi, singari, yanglig‘ ko‘makchilari -dek/-day qo‘shimchalari bilan ma’nodoshdir: shamol kabi yugurmoq – shamol/day yugurmoq, it kabi charchamoq – it/day charchamoq. BOG‘LOVCHI Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni hamda uyushiq bo‘laklarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlarga bog‘lovchi deyiladi. Bog‘lovchilar qo‘llanilishiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: 1. Yakka bog‘lovchilar: a, va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki, gar//agar//agarda, basharti,mabodo, chunki, negaki, garchi//garchand, ya’ni, -ki/-kim, esa, shuning uchun, go‘yo//go‘yoki. 2. Takroriy bog‘lovchilar: a) faqat takror holda keladigan bog‘lovchilar: dam-dam, ba’zan-ba’zan, ham-ham, bir-bir, xoh-xoh, goh-goh, na-na; Yodda tuting. 1. Faqat takror keluvchi bog‘lovchilar voqa- hodisani galma-gal, navbatma-navbat yuz berishini ifodalash uchun xizmat qiladi. 2. Takroriy bog‘lovchilarning takrorlari oldidan vergul qo‘yiladi. Masalan: Usmonali militsiyaga dam telefon qilar, dam o‘zi borib kelar, yana kechasi bilan telefon oldida o‘tirib chiqardi. 3. Takroriy bog‘lovchilarning bir qismi takror kelgandagina bog‘lovchi hisoblanadi. Yakka kelsa, ham – yuklama, ba’zan – ravish, bir – son. 188 • Ehtiyot bo‘ling! “Ham” so‘zi o‘zi bog‘langan so‘zdan keyin kelsa, yuklama (takror kelganida ham) sanaladi. M.: Sen ham, men ham shunga ishonibmiz-a.(“Gulxan”). Akbarjon ham boradi. • “Ham” yuklamasi takroriy bog‘lovchilar singari o‘zi bog‘langan qismlar oldidan kelsa, bog‘lovchi hisoblanadi. M.: Bir tovuqqa ham don, ham suv kerak.(Maqol) b) yakka holda ham, takror holda ham kela oladigan bog‘lovchilar: yo, yoki, yoxud, yoinki. Eslatma. 1. Mazkur bog‘lovchilar voqea-hodisaning faqat bittasini tasdig‘ini anglatadi. Yakka holda kelsa, hech qanday tinish belgisi ishlatilmaydi. M.:1. Suzmoqdami yo chopmoqda, Suv tagidan ne topmoqda? (Mirtemir) 2. Yolg‘on yo farzandga urar, yo davlatga.(Maqol) Vazifasiga ko‘ra turlari Gap tarkibidagi so‘zlar hamda sodda gaplarni bog‘lab kelishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi: I.Teng bog‘lovchilar. II.Ergashtiruvchi bog‘lovchilar. Teng bog‘lovchilar gap tarkibidagi uyushiq bo‘laklar va sodda gaplarni o‘zaro teng munosabatda bog‘lab keladi. Teng bog‘lovchilar ma’nosiga ko‘ra ichki uchga bo‘linadi. Biriktiruv bog‘lovchilari. Sof biriktiruvchi bog‘lovchilar: va, hamda. Ushbu bog‘lovchilar uyushiq bo‘laklarni bog‘laganda, birgalik (Humoyun va Akbarjon o‘ynayapti.) ma’nosini, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘laganda, ketma-ketlik (To‘satdan eshik ochildi va ostonada Ertoyev paydo bo‘ldi), payt, sabab-natija (Anor so‘zlar va Zaynab qalbi tol bargiday dir-dir qaltirar) ma’nosini ifodalaydi Mazkur bog‘lovchilar hech qanday tinish belgisiz ishlatiladi. Vazifadosh biriktiruv bog‘lovchilar. Yuklama bog‘lovchilar: ham, -u/-yu, -da. Ham so‘zi uyushiq bo‘laklar oldidan kelgandagina bog‘lovchi hisoblanadi takror oldidan vergul qo‘yiladi. M.: Ham akamni, ham 189 ukamni tabriklashdi va sovg‘alar topshirishdi hamda dam olish uyiga yo‘llanma bilan mukofotlashdi. Jo‘shadi buloqning kumush yoshlari ham mungli, ham shirin jildirashlari. -u/-yu, -da yuklamalari uyushiq bo‘laklarni bog‘laganda hech qanday tinish belgisi qo‘yilmaydi. M.: Kelishardi olis-yaqin, Do‘st-u yoron eshik chertib. Agar sodda gaplarni bog‘lasa, bog‘lovchi yuklamadan so‘ng vergul qo‘yiladi. M.: Dekabr oyining boshida bir qor yog‘di-yu, keyin yana oftob charaqlab, havo ilib ketdi. Bir kuni kechasi bir hiyla o‘ylab chiqdim-da, erta turgach, eski maktab sari jo‘nadim. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling