Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


bilan yozilishi mumkin. M


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

bilan yozilishi mumkin. M.: “Shoirlik J a s o r a t so‘zining 
tarjimonidir.” 
III. Turdosh ot (aniq ot)lar -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul 
qiladi. M.: odam/lar, daraxt/lar, ko‘chat/lar, kitob/lar. 
IV. Aniq otlar oldidan son kelib, uning miqdor va tartibga ko‘ra 
belgisini ifodalab keladi. M.: 36 ta test, 3 ta ko‘chat, birinchi farzand, 
uchinchi farzand. 
Turdosh ot ifodalayotgan tushunchasining ma’nosiga ko‘ra tasnifi 
 
Turdosh otlar ifodalayotgan tushunchasining ma’nosiga ko‘ra 
ikkiga bo‘linadi. Ular
• 
Aniq otlar. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin 
bo‘lgan narsalarni bildirgan otlar aniq otlardir
Soddagina aytgandako‘z bilan ko‘rish, qo‘l bilan ushlash va sanash 
mumkin bo‘lgan otlardir. M.: kitob, mashina, uy, eshik, dutor,qalam, 
o‘rik, traktor. 
Xususiyatlari: 1. Aniq otlar -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul 
qiladi. M.: uy/lar, qalam/lar, o‘quvchi/lar. 
2. Aniq ot oldidan sanoq sonlar keladi, ya’ni sanalish xususiyatiga 
ega. M.: 3 ta deraza, 1 ta muzqaymoq. 
• 
Mavhum (abstrakt) otlar. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz 
mumkin bo‘lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan 
narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi. M.: baxt, pari, 
farishta, uyqu, dev, xayol, aql, o‘y, go‘zallik. 
 
Xususiyatlari: 1.Mavhum otlar -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul 
qilmaydi. 
ESLATMA
. -lar mavhum otga qo‘shilgan taqdirda ham uslubiy 
ma’no ifodalaydi. M.: orzularim, dardlari. 


39 
2. Mavhum otlar oldidan sanoq son kelmaydi, sanalish 
xususiyatiga ega. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling