Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

1.1. Qismlari o‘zaro sinonim: azob-uqubat, azmu qaror, aysh-
ishrat, alam-hasrat, amr-farmon, asbob-uskuna, atrof-tevarak//tevarak-
atrof, aft-bashara, aql-zakovat, aql-idrok, aql-hush; baxt-saodat, bog‘u 
bo‘ston; dori-darmon, do‘st-yor//yor-do‘st, diqqat-e’tibor, davr-
davron, dasht-biyobon; es-hush, el-ulus; fisq-fasod, fahm-farosat; gap-
gashtak (“gap” so‘zining “ziyofat” ma’nosi), gard-g‘ubor; his-tuyg‘u, 
hazil-mutoyiba, huzur-halovat; ilm-fan, inon-ixtiyor, izzat-hurmat, 


46 
izzat-ikrom, izm-ixtiyor, ishq-muhabbat; jabr-zulm, jabr-sitam; kayf-
safo, kibr-havo; lutfu karam, lutf-marhamat, lutf-ehson; maza-ta’m, 
makr-hiyla, mol-dunyo, mol-mulk, murod-maqsad; nazar-pisand, nasl-
nasab, nola-fig‘on; or-nomus, osmonu falak, oshna-og‘ayni, oziq-
ovqat; pand-nasihat, pand-o‘git; qavm-qarindosh, qaddi-qomat, qahr-
g‘azab, qurol-aslaha; rang-qut, rohat-farog‘at; sehr-jodu; tag-tub, 
talon-taroj, tuz-namak; ta’rif-tavsif; urush-janjal, urug‘-aymoq, urf-
odat; va’z-nasihat; xayr-ehson, xayr-baraka, xayr-saxovat, xavf-xatar, 
xesh-aqrabo, xulq-atvor; yarog‘-aslaha, yer-zamin; yor-do‘st, yor-
birodar, yo‘l-yo‘riq, yuz-bet; zeb-ziynat, ziyon-zahmat, zavq-shavq; 
o‘rin-joy, o‘t-olov, o‘ch-adovat, o‘t-o‘lan; g‘am-hasrat, g‘am-g‘ussa; 
shovqin-suron, shak-shubha, sharaf-shon//shon-sharaf, sharm-hayo, 
shon-shuhrat, shon-shavkat; chang-g‘ubor, cho‘l-biyobon. 
2. Qismlari o‘zaro antonim: avra-astar, avlod-ajdod, achchiq-
chuchuk (sifatdan ko‘chgan); bordi-keldi (fe’ldan ko‘chgan), bosh-
oyoq; do‘st-dushman; egachi-singil, er-xotin; Hasan-Husan; ko‘ylak-
ishton; oshiq-ma’shuq; qulf-kalit; salom-alik (undov so‘zdan 
ko‘chgan); yer-osmon, yer-ko‘k; yoz-u qish//qish-u yoz; savol-javob, 
chol-kampir; shohu gado; o‘g‘il-qiz;
3. Qismlarining ma’nosi yaqin: ariq-zovur; baxt-taxt, baqir-chaqir 
(fe’ldan ko‘chgan), boj-xiroj, bosh-ko‘z; dala-dasht, dur-javohir, 
dardu balo, dev-alvasti, domla-imom; egar-jabduq, evara-chevara, el-
yurt; fikr-zikr; go‘sht-yog‘//yog‘-go‘sht; general-mayor, general-
polkovnik; harb-zarb, hisob-kitob, hol-jon; idish-tovoq, ilm-ma’rifat, 
ish-harakat, igna-ip; jon-u dil, jon-jahd; kalla-pocha, kasb-kor, ko‘rpa-
to‘shak, ko‘rpa-yostiq, karnay-surnay, lab-lunj, mol-hol, munkar-
nakir, mushk-anbar; nevara-chevara, nom-nishon, non-tuz, non-
nasiba; ota-bobo, ot-ulov, orzu-havas; qazi-qarta, qovoq-tumshuq, 
quloq-miya, qurt-qumusqa, qiz-juvonlar, qo‘y-qo‘zi; sa’y-harakat, 
sovg‘a-salom; toj-taxt, tosh-tarozi, tashviqot-targ‘ibot, tish-tirnoq; uy-
ro‘zg‘or, ur-yiqit, ur-sur, ust-bosh; xas-xashak, xat-savod, xor-xas, 
xotin-qizlar; yara-chaqa, yem-xashak, yetim-yesir, yer-suv, yuz-xotir, 
yuz-qo‘l//qo‘l-yuz; zahar-zaqum; o‘q-yoy, o‘q-dori, o‘yin-kulgi,
o‘lim-yitim; chang-to‘zon; shahd-shakar. 
Otlarda uch aosiy holatdan tashqari qismlari butun va bo‘lak 
munosabatida bo‘lgan juft so‘zlar ham mavjud: tog‘-tosh, gap-so‘z, 
vaqt-soat, oy-u kun. 


47 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling