48
Qo‘shma otlarning birikmalik xususiyatini ancha saqlagan
Markaziy Osiyo, G‘arbiy Yevropa, O‘zbekiston Respublikasi,
Fanlar akademiyasi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi
ko‘rinishlari ham mavjud. Ularning bir qismi qisqargan holda ham
ishlatiladi [5.39].
Otning grammatik kategoriyalari
Ma’lumki, ot so‘z turkumida uchta grammatik kategoriya bor.
Ular:
1. Egalik kategoriyasi.
2. Kelishik kategoriyasi.
3. Son kategoriyasi.
•
Bilib oling! 1. Otlar lug‘atda bosh kelishik, birlik shaklda
bo‘ladi, chunki bu shakllarning qo‘shimchasi yo‘q, ya’ni “nol”
ko‘rsatkichlidir.
•
Otlar gap tarkibida doim kelishik (bosh kelishik) hamda
son
kategoriyasi ( birlik shakl) shaklida bo‘ladi.
Izoh! Egalik kategoriyasining
har uchala shaxsi maxsus
qo‘shimchalar bilan ifodalanadi, shuning
uchun gap tarkibida otlar
talabga ko‘ra egalik shaklini qabul qiladi.
•
Unutmang! Otning kategoriyalaridan faqat
kelishik kategoriyasi
sintaktik vazifa bajaradi, ya’ni har bir kelishik shakli ma’lum bir gap
bo‘lagini yuzaga keltiradi. M.:
Saodat (Kim? ega) Toshkentdan
(qayerdan? oʻrin holi) o‘rtog‘iga (kimga? vositali toʻldiruvchi) kitob
(nimani? vositasiz toʻldiruvchi) oldi . (Kelishiklarga qaralsin)
• Ta’kidlash lozimki, otning grammatik
kategoriyalaridan faqat
kelishik va
egalik qo‘shimchalari gap tarkibidagi so‘zlarning
grammatik aloqasini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: