Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


laring).  c) III shaxs ko‘plik shaklidagi egalik qo‘shimchasidan: kitob+lari


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

laring). 
c) III shaxs ko‘plik shaklidagi egalik qo‘shimchasidan: kitob+lari 
(-i). 
UNUTMANG! Ravish so‘z turkumiga mansub ayrim so‘zlar 
tarkibda ko‘plik qo‘shimchasi shaklan uchrasa-da, morfemaga 
ajratilmaydi, chunki u o‘z ma’nosini yo‘qotib ajralmas holga kelgan. 
M.: avvallari, oldinlari, ertalablari. 
 
O‘zbek tilida ko‘plikning ifodalanishi 
 
O‘zbek tilida ko‘plik faqat otning son kategoriyasi bilan emas, balki 
uch xil usul bilan ifodalanadi. Ular: 
Morfologik usul. 
Semantik usul. 
Leksik-sintaktik usul. 


51 
Morfologik usul 
-lar ko‘plik qo‘shimchasi bilan ko‘plikning ifodalanishi 
morfologik usul  sanaladi. M.: O‘quvchi/lar ma’ruzani yozishyapti. 
Ko‘plik qo‘shimchasi aniq sanaladigan otlarga qo‘shiladi. 
 
BILIB OLING!
Barcha otlar ham ko‘plik qo‘shimchasini qabul 
qila bermaydi. Bunday otlarga quyidagilar kiradi.
1. Kasb-hunar otlario‘qituvchilik, tikuvchilik, duradgorlik. 
2. Ilm-fan, soha nomlarini ifodalovchi otlar: matematika, fizika, 
astronomiya, okeanologiya. 
3. Ayrim juft otlar: mehr-muhabbat, kuch-quvvat. 
 
IZOH
! Ayrim juft otlar odatda ko‘plik qo‘shimchasi bilan 
ishlatiladi: yigit-qiz+lar, aka-uka+lar, opa-singil+lar. 
4. Atoqli otlar: O‘zbekiston, Buxoro, Alisher Navoiy, Erkin 
Vohidov. 
5. Jism va modda otlari: un, shakar, choy (tur-nav) 
6. Mavhum otlar: muhabbat, so‘g‘inch, iymon. 
7. Jamlovchi otlar: armiya, lashkar, omma, olomon. 
8. Ayrim qaindoshlik munosabatini ifodalovchi shaxs otlari: 
dada, oyi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling