Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Agar ot oldidan son uning miqdorga ko‘ra belgisini ifodalab  kelgan bo‘lsa (Son uni urub o‘ldiradi.)


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

9. Agar ot oldidan son uning miqdorga ko‘ra belgisini ifodalab 
kelgan bo‘lsa (Son uni urub o‘ldiradi.): o‘nta kitob, ikkinchi farzand.
10. Agar ot oldidan sifat xarakteridagi har bir, har qaysi, hech 
qaysi, hech bir kabi olmoshlar kelgan bo‘lsa, ot ko‘plik 
qo‘shimchasini qabul qilmaydi. M.: Har bir o‘quvchio‘qishga 
kirishga haqli. Hech bir testni nazardan qoldirmang.
 
Birlik shakldagi men kishilik olmoshi hamda har kim, hech 
kim 
– kabi ot xarakteridagi olmoshlar ko‘plik ko‘rsatkichini 
mutlaqo qabul qilmaydi. 
 
Semantik usul 
Bu usulga ko‘ra jamlovchi otlar bilan ko‘plik ifodalanadi. Aniqroq 
aytganda, jamlovchi otlar birlik shaklda bo‘lsa-da, mazmunan 
(semantik jihatdan) ko‘plikni ifodalaydi. 
Ular: 
xalq, 
olomon, 
omma, ulus; armiya, qo‘shin, lashkar; poda, uyur. 
 


52 
• 
Ko‘plikning jamlovchi otlar orqali ifodalanishi semantik usul 
sanaladi. 

Xalq farovonligini oshiraylik. Zilziladan zarar ko‘rgan xalqqa armiya 
yordamga keldi. 
Leksik-sintaktik usul 
Matnda ot oldidan miqdorni ifodalovchi so‘zlarni keltirish orqali 
yoki juft so‘zlar bilan ko‘plikning ifodalanishi leksik - sintaktik usul 
deyiladi. M.: beshta farzand, ozgina non, qator-qator parta.
Bu usulga ko‘ra:  
1. Ot oldidan sanoq son kelib, ko‘plikni ifodalaydi. M.: beshta
olma, o‘n nafar o‘quvchi, yigirma tup ko‘chat, minglab test. 
• 
UNUTMANG
! Agar ot oldidan unga bog‘lanib, son kelgan 
bo‘lsa, bu otga -lar qo‘shimchasi qo‘shilmaydi, chunki uni son “urib 
o‘ldiradi”. 
2.Ot oldidan daraja-miqdor (ko‘p, mo‘l, ancha) ravishlari, jamlovchi 
olmoshlar (hamma, barcha, bari, jami ) kelib, ko‘plikni ifodalashi 
mumkin. M.: ko‘p odam, jami bola, barcha daraxt, yalpi mahsulot. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling