Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Son kategoriyasi 
 
 
Otning bir-biriga qiyosan olingan birlik va ko‘plik XGM lari va 
ularning yozuvda birlik ko‘plik shaklda kelishi son kategoriyasi 
sanaladi.
Son kategoriyasining ikki shakli mavjud. Ular: 


49 
1. Birlik shakli. 
2. Ko‘plik shakli.  
Birlik shakli 
Birlik shaklning maxsus qo‘shimchasi yo‘q, u “0” ko‘rsatkichlidir. 
M.: uy, daftar, mashina, litsey. 
Eslatma! Otlar gap tarkibida birlik shaklda bo‘lsa-da, mazmunan 
ko‘plikni ifodalab kelishi mumkin. M.: Hasharda talabalar ko‘chat 
o‘tqazishdi. Yangi bosma xonada kitob chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
Misollarimizdagi ko‘chat va kitob so‘zlari birlik shaklda bo‘lsa-da, 
mazmunan ko‘plikni ifodalayapti. 
Ko‘plik shakli 
Qo‘shimchasi: -lar . Mazkur qo‘shimcha ikki va adadi 
cheklanmagan ko‘plik – XGMsini ifodalab keladi. M.: uy/lar, 
daftar/lar. She’vadagi shakli: -a Biz+a keldik. 
Eslatma
!
Ko‘plik qo‘shimchasi qo‘sh undosh bilan tugagan 
so‘zlarga qo‘shilsa, o‘zak oxiridagi tovush tushadi. M.: 
metall+lar=metallar, ball+lar=ballar. 
 
Otning son kategoriyasi sintaktik vazifa bajarmaydi. 
• 
Bilib olishingiz shart! Ko‘plik qo‘shimchasi ismlarning 
lig‘aviy shakl yasovchisidir, ya’nib bu qo‘shimcha otdan tashqari 
ot vazifasidagi hamda otlashgan so‘zlarga qo‘shilib keladi. 
A. Quyidagi so‘z turkumlari otning ko‘plik qo‘shimchasini 
t o‘ g‘ r i d a n-t o‘ g‘ r i qabul qiladi. 
1. ov shaklidagi jamlovchi sonlar. Ta’kidlash lozimki, 
jamlovchi sonlar ko‘plik qo‘shimchasini qabul qilsa, undan so‘ng, 
albatta, 
egalik 
qo‘shimchasi 
keladi. 
M.: 
ikkov+lar+ing, 
uchchov+lar+i. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling