bilan yozilishi mumkin. M.: “Shoirlik J a s o r a t so‘zining
tarjimonidir.”
III. Turdosh ot (aniq ot)lar -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul
qiladi. M.: odam/lar, daraxt/lar, ko‘chat/lar, kitob/lar.
IV. Aniq otlar oldidan son kelib, uning miqdor va tartibga ko‘ra
belgisini ifodalab keladi. M.: 36 ta test, 3 ta ko‘chat, birinchi farzand,
uchinchi farzand.
Turdosh ot ifodalayotgan tushunchasining ma’nosiga ko‘ra tasnifi
Turdosh otlar ifodalayotgan tushunchasining ma’nosiga ko‘ra
ikkiga bo‘linadi. Ular:
•
Aniq otlar. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz mumkin
bo‘lgan narsalarni bildirgan otlar aniq otlardir.
Soddagina aytganda, ko‘z bilan ko‘rish, qo‘l bilan ushlash va sanash
mumkin bo‘lgan otlardir. M.: kitob, mashina, uy, eshik, dutor,qalam,
o‘rik, traktor.
Xususiyatlari: 1. Aniq otlar -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul
qiladi. M.: uy/lar, qalam/lar, o‘quvchi/lar.
2. Aniq ot oldidan sanoq sonlar keladi, ya’ni sanalish xususiyatiga
ega. M.: 3 ta deraza, 1 ta muzqaymoq.
•
Mavhum (abstrakt) otlar. Sezgi a’zolarimiz orqali bilishimiz
mumkin bo‘lmagan, tafakkur va tasavvur orqali idrok qilinadigan
narsalarni bildirgan otlarga mavhum otlar deyiladi. M.: baxt, pari,
farishta, uyqu, dev, xayol, aql, o‘y, go‘zallik.
Xususiyatlari: 1.Mavhum otlar -lar ko‘plik qo‘shimchasini qabul
qilmaydi.
ESLATMA
. -lar mavhum otga qo‘shilgan taqdirda ham uslubiy
ma’no ifodalaydi. M.: orzularim, dardlari.
39
2. Mavhum otlar oldidan sanoq son kelmaydi, sanalish
xususiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |