Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Fotima/lar yetib kelishsin.  4. Hamkasblar ma’nosida keladi. M.: Tadbirda S.Sayid/lar


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

Fotima/lar yetib kelishsin. 
4. Hamkasblar ma’nosida keladi. M.: Tadbirda S.Sayid/lar tashrif 
buyurishdi. 
5. Qarindosh urug‘, oila ma’nosida keladi. M.: To‘yga Azimov/lar 
taklif qilindi. Shuhrat/lar/ning uyida ma’raka bo‘lyapti. 
 
Atoqli otlarning yozilishi 
I. Ism, familiya, taxalluslar, laqablar doim bosh harf bilan 
yoziladi. M.:Usmon Nosir, Erkin Vohidov, Alpomish. 
II. Qo‘shma so‘z shaklidagi atoqli otlar o‘ziga xos imloviy talab va 
me’yorlarga ko‘ra yoziladi. Qarang.
1. Agar atoqli otning ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lsa, birinchi 
qismga qo‘shilib keladi, qo‘shma so‘z shaklidagi atoqli otning o‘zi esa 
bosh harf bilan yoziladi. M.: Amudaryo, Yangiyo‘l, Qorovulbozor. 
2. Agar qo‘shma so‘z shaklidagi atoqli otning ikkinchi qismi atoqli 
ot bo‘lsa, har ikkala qismi ajralib bosh harf bilan yoziladi. M.: 
Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq, Katta Farg‘ona kanali, G‘arbiy 
Yevropa. 


36 
3. Davlat, davlatning oliy lavozimi, oliy unvon, oliy muassasa
qolaversa, xalqaro tashkilot nomlaridagi har bir so‘z ajratib bosh harf 
bilan yoziladi. 
M
.: 
O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti, “O‘zbekiston Qahramoni”, Vazirlar 
Mahkamasi, Qizil Yarim Oy Jamiyati, Birlashgan Millatlar Tashkiloti. 
4. Vazirliklar, viloyat hokimliklari hamda turli muassasa 
nomlarining birinchi so‘zi bosh harf bilan qolgan qismi ajratib kichik 
harf bilan yoziladi. M.: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va 
sport ishlar vazirligi, Toshkent traktor zavodi, Samarqand chinni 
zavodi, Oliy xo‘jalik sudi, Buxoro viloyat hokimligi, Guliston davlat 
universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti. 
Unutmang! Tarkibida bo‘yi, orti, oldi so‘zlari ishtirok etgan 
joy nomlari qo‘shib yoziladi. M.: Orolbo‘yi, Boltiqbo‘yi, Kavkazorti 
Eslatma. Shoh so‘zi atoqli otdan oldin kelsa, ajratib kichik harf 
bilan yoziladi. M.: shoh Bobur, shoh Ismoil Saffaviy.
Agar atoqli otdan keyin kelsa, kichik harf bilan qo‘shib yoziladi. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling