33
2.
Kimni(-ga, -da, -dan)? nimani(-ga, -da, -dan )? qayerni?
kim bilan(haqida,uchun)? nima bilan (haqida)? so‘roqlariga
javob bo‘lib,
to‘ldiruvchi vazifasida keladi.
M.: Do‘st bilan
obod uying, Gar bo‘lsa ul vayrona ham.
II. Qolaversa, ot gap tarkibida yana quyidagi gap bo‘laklari
vazifasida keladi.
1. Gap tarkibida qaratqich
kelishigi shaklida kelib,
kimning?
nimaning? qayerning? so‘roqlariga javob bo‘lib,
qaratqichli
aniqlovchi vazifasida keladi.
M.: Bilim kishining ko‘nglini
yoritadi, unga ro‘shnolik beradi.
2. Sifat vazifasida kelib,
qanday? qanaqa? qaysi?
so‘roqlariga javob bo‘lib,
sifatlovchi – aniqlovchi vazifasida
keladi.
M.: Bahor kelishi bilan qizlarimiz atlas kiyim kiyishadi.
3.
Hol vazifasida keladi:
a) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishik qo‘shimchalari o‘rin-
yoy otlariga qo‘shilib,
qayerga(-da, -dan)? so‘roqlariga javob
bo‘lib, o‘rin holi vazifasida keladi. M.:
Akam Toshkentda o‘qiydi.
b) jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish
kelishigi shaklidagi yoki
analitik shakldagi payt otlari
qachonga(-da, -dan)? so‘roqlariga
javob berib payt holi vazifasida keladi. M.:
Yozda barcha
abituriyentlar qatori test topshiraman?
III. Kesim vazifasida keladi. M.: Men
abituriyentman.
Do'stlaringiz bilan baham: