Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

(o‘zgarish ma’nosida); yozuv-chizuv, yurish-turish, borish-kelish
bosar-tusar; kiraverish. 
6. Aniq yoki yaqin o‘tgan zamon shaklidagi sodda, juft va 
takroriy fe’llar hamda fe’lli sintaktik birliklar: chaqirdi, chorlandi, 
ko‘rdi; keldi-ketdi, qo‘ydi-chiqdi, oldi-berdi, oldi-sotdi; dedi-dedi
mindi-mindi (bolalar o‘yinining nomi); joy yig‘di, qozon to‘ldi. 
7. Takroriy va juft shakldagi taqlid so‘zlar: ququ (qush), dudut 
(engil mashina), popop (asli: pop-pop, tikuv mashinkasi), tutu (tovuq), 
patpat (motostikl), shapshap (magazkushak). 
Eslatma. Koversiya usuli bilan so‘z yasalish hodisasi ustozimiz 
Mirzaahmad Olimovning 

Risolai sarf yoki an’anaviy morfologiya”
o‘quv-metodik qo‘llanmalaridan keltirildi (“FAN”, -T.: 2003. 17-b.).  


30 
OT SO‘Z TURKUMI 
• 
Shaxs-narsa ma’nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib 
kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarga ot 
deyiladi. 
• 
Mavjudiyatni nomlaydigan so‘z turkumiga ot deyiladi. 
Demak, ot so‘z turkumi jamiki narsa va hodisalarni predmet 
sifatida nomlab keladi. 
Unutmang! Morfologiyada predmet mantiqiy tushuncha emas,
keng tushunchani ifodalaydigan umumiy grammatik ma’nodir. M. : 
1. Tirik mavjudotlar predmetdir. M: odam, chaqaloq; it, sigir, 
sher; bulbul, lochin, tovus; delfin, sakkizoyoq, qisqichbaqa. 
2. Narsa va buyumlar: daftar, ruchka, kastyum, telefon. 
3Voqea, hodisalar: to‘y, mag‘lubiyat, g‘alaba. 
4. Geografik joy nomlari: Mirzacho‘l, Antarktida, Qoraqum. 
5. Belgi xususiyat : bolalik, yaxshilik. 
6. Jism, moddalar: suv, neft, tilla, olmos, kumush. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling