Buxoro davlat universiteti pedagogika instituti


B. Bir turkumga mansub so‘zlardan ikkinchi bir so‘z


Download 1.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/202
Sana30.10.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1733576
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   202
Bog'liq
Ona tili (Morfologiya) o`quv qo`llanma 13-dekabr

B. Bir turkumga mansub so‘zlardan ikkinchi bir so‘z 
turkumiga mansub, asosan qo‘shma sifat, so‘z hosil bo‘lishi 
mumkin. M.: 
1) fe’l+fe’l=qo‘shma sifat: olib/sotar; 
2) ot+ot=qo‘shma sifat: jigar/rang, kul/rang, sher/yurak; 
C. Qo‘shma so‘zlar bir necha so‘z turkuiga mansub so‘zlardan 
hosil bo‘lishi mumkin. M.: 
1) son + ot = qo‘shma ot: Uch/quduq, Olti/ariq, sakkiz/oyoq; 
2) ot +fe’l = qo‘shma ot: beshik/tebratar, echki/emar; 


26 
3) ravish+ot = qo‘shma sifat: hozir/javob, kam/gap; 
4) ravish+fe’l = qo‘shma sifat: erta/pishar, kech/pishar 
5) ot+fe’l = qo‘shma fe’l: javob bermoq, bahs qilmoq; 
6) olmosh+ot = qo‘shma ravish: har vaqt, shu on, o‘sha lahza. 
 
• 
Misollardan ko‘rinyaptiki, bir so‘z turkumiga mansub 
so‘zlardan shu so‘z turkumiga xos yangi so‘z yasalishi yoki boshqa 
(sifat) so‘z turkumiga xos so‘z yasalishi mumkin ekan. Shuningdek
bir necha so‘z turkumiga mansub so‘zlardan boshqa so‘z turkumiga 
xos so‘z yasalishi kuzatilar ekan. 
• 
Unuta ko‘rmang! Qo‘shma sonlarning hosil bo‘lishida boshqa 
so‘z turkumlari ishtirok etmaydi. 
• 
Xuddi shunday qo‘shma olmoshlarda ham boshqa so‘z 
turkumlari (bir, narsa so‘zlari bundan mustasno) ishtirok etmaydi.  
• 
Yodda tuting! Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasalishi barcha 
mustaqil so‘z turkumlariga xos. Biroq amaliyotda qo‘shma son va 
olmoshlar yasama so‘zlar qatoriga kiritilmaydi. 
 
Qo‘shma so‘zlarda imlo. Nazarimizda, qo‘shma so‘zlarning 
imlosida, qo‘shib yoki ajratib yozish masalasi alohida e’tiborda 
bo‘lishi talab etiladi. Qo‘shma so‘zlar asosan mustaqil so‘z 
turkumlariga xos. Mazkur so‘z turkumlardagi qo‘shma so‘zlarning 
qo‘shib yoki ajratib yozish imloviy talabga ko‘ra ularni quyidagicha 
guruhlash mukin: 
1. Qo‘shma so‘zlari doim ajratib yoziladigan so‘z turkumlari. 
Bularga fe’l hamda son so‘z turkumlari kiradi. Olmosh so‘z turkumini 
ham shu guruhga kiritsa bo‘ladi. 
2. Qo‘shma so‘zlari qo‘shib yoki ajratib yoziladigan so‘z 
turkumlari. Ot, sifat, ravish so‘z turkumlarini bemalol shu guruhga 
kiritish mumkin. 

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling